So‘nggi yangilanish sanasi: 01/28/2025
GLOBAL MAXFIYLIK SIYOSATI (TARTIB-QOIDALARI)
Onlayn xizmatlarimizdan foydalanganingizda, ma’lumotlaringizni bizga ishonib taqdim etasiz. Shaxsiy ma’lumotlaringiz daxlsizligi biz uchun muhim.
Ushbu “Maxfiylik siyosati” maʼlumotlaringizni qanday yig‘ishimiz, ulardan qanday foydalanishimiz, ularni qanday baham ko‘rishimiz va saqlashimizni tushuntirib beradi. Shuningdek, u shaxsiy ma’lumotlaringizdan qanday foydalanishga oid huquqlaringiz va tanlovlaringizni amalga oshirish uchun qayerga borishingiz mumkinligini tushuntirib beradi.
Agar biror savolingiz bo‘lsa, fikrlaringizni tinglashga tayyormiz. Kontakt ma’lumotlarimizni quyidan topishingiz mumkin.
Tartib-qoidalar ko‘lami & Yangilanishlar
Ko‘lami. Maxfiylik siyosatimizning (“Siyosat”) maqsadi bizga tegishli bo‘lgan yoki biz boshqaradigan veb-saytlar, mobil ilovalar va onlayn xizmatlar (ushbu tartib-qoidalarda birga “Sayt” deb ataladi) ma’lumotlaringizni biz taklif qilayotgan mahsulotlar va xizmatlar bilan bog‘liq holda qanday qayta ishlashini tavsiflab berishdan iborat. Ushbu tartib-qoidalarda ma’lumotlaringizni qanday to‘plashimiz, ulardan qanday foydalanishimiz va ularni qanday baham ko‘rishimiz hamda ularni qanday qilib xavfsiz saqlashimiz tushuntirib beriladi. Shuningdek, u shaxsiy ma’lumotlaringizdan qanday foydalanishga oid huquqlaringiz va tanlovlaringizni amalga oshirish uchun qayerga borishingiz mumkinligini tushuntirib beradi. Bizga o‘z ma’lumotlaringizni taqdim etishdan yoki saytimizdan boshqacha tarzda foydalanishdan oldin maxfiylik amaliyotlarimizga rozi ekaningizga ishonch hosil qilish uchun ushbu siyosat va foydalanish shartlarimiz bilan tanishib chiqishingiz kerak.
Brendlar. Saytimiz KIMBERLY-CLARK KORPORATSIYASI va sho‘ba kompaniyalarimiz va brendlarimizga (“Kimberly-Clark”, “biz”, “bizning” yoki “bizga”) tegishli, uni o‘sha brendlar boshqaradi va qo‘llab-quvvatlaydi.
Ma’lumotlarni shtat yoki mamlakat uchun oshkor qilish. Ushbu tarib-qoidalar Ma’lumotlarni shtat yoki mamlakat uchun oshkor qilish boʻlimida qo‘shimcha shtat yoki mamlakatga xos ma’lumotlarni (masalan, yurisdiksiyangizda mavjud boʻlishi mumkin boʻlgan shaxsiy ma’lumotlaringizga oid maxsus huquqlar) oʻz ichiga oladi. Agar ushbu tartib-qoidalar bilan “Ma’lumotlarni shtat yoki mamlakat uchun oshkor qilish” bo‘limi oʻrtasida ziddiyat mavjud boʻlsa, ikkinchisi faqat ziddiyat qismida kuchga ega bo‘ladi. Ushbu tartib-qoida Rossiya Federatsiyasida joylashgan foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlariga nisbatan qo‘llanmaydi; Rossiya Federatsiyasidagi foydalanuvchilar uchun maxfiylik siyosati bilan bu yerda tanishish mumkin.
Boshqa tartib-qoidalar. Ushbu tartib-qoidalarga qo‘shimcha ravishda, qo‘shimcha tartib-qoidalar yoki foydalanish shartlari bilan tartibga solinadigan boshqa maxsus Kimberly-Clark mahsulotlari, xizmatlari yoki reklama aktsiyalari ham bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda biz sizni shunday qo‘shimcha shartlar haqida xabardor qilamiz.
Ushbu Siyosatga bo‘lgan yangilanishlar. Biz tartib-qoidalarni vaqti-vaqti bilan yangi bildirishnoma yuborish orqali yangilashimiz mumkin, shuning uchun yuqoridagi so‘nggi yangilanish sanasiga e’tibor bering va vaqti-vaqti bilan yangilanishlarni tekshirib turing.

Shaxsiy ma’lumotlar. Shaxsiy ma’lumotlar (“ShM”) to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita ma’lum bir shaxsni aniqlash uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan har qanday ma’lumotni anglatadi. Biz shaxsiy ma’lumotlarni turli manbalardan to‘plashimiz mumkin. Ushbu manbalar quyidagi shaxsiy ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi:
- siz bizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri beradigan (masalan, axborot byulletenlari, lotereyalar, so‘rovlar yoki aksiyalar uchun ro‘yxatdan o‘tganingizda yoki saytlarimizda hisobingiz uchun ro‘yxatdan o‘tganingizda va ismingiz, elektron pochta manzilingiz va tug'ilgan sanangiz kabi ma’lumotlarni taqdim etganingizda);
- biz avtomatik tarzda to‘playdigan (masalan, siz saytimizni ko‘rib chiqayotganingizda va biz bilan onlayn aloqada bo‘lganingizda, biz (yoki hamkorlarimiz) shaxsiy ma’lumotlaringizni olish uchun cookie-fayllar va kuzatuv texnologiyalaridan foydalanishimiz mumkin) va
- biz boshqa manbarlar va hamkorlardan oladigan (masalan, tajribangizni yoki bozoringizni qiziqishlaringizga moslashtirish uchun siz haqingizdagi shaxsiy ma’lumotlarni uchinchi tomondan sotib olganimizda).
Biz oladigan shaxsiy ma’lumotlar turlariga quyidagilar kiradi:
- kontakt ma’lumotlari, jumladan, ismingiz, pochta manzilingiz va/yoki pochta indeksingiz, elektron pochta manzilingiz va telefon/mobil raqamingiz; biz sizdan farzandingizning ismi va tug‘ilgan sanasini ham olishimiz mumkin;
- hisob ma’lumotlari, jumladan, foydalanuvchi nomingiz va parolingiz (mas., agar siz saytda hisob yaratishni tanlasangiz);
- xaridlar tarixi ma’lumotlari, jumladan, bizdan yoki hamkorlarimizdan qachon xarid qilganingiz;
- sodiqlik dasturi va mukofotlar haqida ma’lumotlar, jumladan, sodiqlik dasturlari uchun qachon ro‘yxatdan o‘tganingiz;
- xususiyatlar va atributlar, jumladan, biz yoki hamkorlarimiz to‘plagan yosh diapazonlari, gaplashadigan tillar va oilaviy ahvol;
- hobbilar kabi afzalliklar, biz yoki hamkorlarimiz to‘plagan qiziqishlar, xarid qilish afzalliklari va mahsulotga moyillik ballari (masalan, mahsulotlarni sotib olish ehtimoli);
- onlayn yoki texnik ma’lumotlar, jumladan, qurilma, brauzer, mobil ilova, tizim va internet protokoli manzillari va identifikatorlar; va
- taxmin qilingan ma’lumotlar, jumladan, ushbu bo‘limda sanab o‘tilgan ma’lumotlardan xulosa sifatida olingan ma’lumotlar.
Sir tutiluvchi shaxsiy ma’lumotlar. Ushbu tartib-qoidalarda sanab o‘tilgan qayta ishlash maqsadlari uchun biz (yoki hamkorlarimiz) sir tutiluvchi shaxsiy ma’lumotlarni to‘plashimiz va qayta ishlashimiz mumkin. Bu irqiy va milliy mansubligingiz, tug‘ilgan kuningiz yoki saytimiz yoki mahsulotlarimizdan foydalanishingiz bilan bog‘liq homiladorlik, allergiya (masalan, allergiya qo‘zg‘atuvchi narsalarni aniqlashga oid testlar), hayz ko‘rish (masalan, hayz ko‘rish davrini hisoblash kalkulyatorlari) yoki siydikni tuta olmaslik singari ma’lumotlar bo‘lishi mumkin. Shuningdek, biz afzalliklaringiz, xatti-harakatlaringiz, xususiyatlaringiz, sog‘lig‘ingiz yoki saytimiz yoki mahsulotlarimizdan foydalanishingiz bilan bog‘liq atributlaringiz haqida xulosa chiqarishimiz mumkin. “Sir tutiluvchi” deb hisoblanishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni to‘plashda, biz (yoki hamkorlarimiz) bunday sir tutiluvchi shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga roziligingizni so‘raymiz va qonun talab qilgan hollarda boshqa boshqaruv vositalarini (masalan, ma’lum ishlov berishdan voz kechish) taqdim etishimiz mumkin. Shuni yodda tutingki, saytning ayrim qismlari bizdan xizmatlarimizni to‘liq taqdim etishimiz uchun ushbu ma’lumotlarni talab qilishi mumkin, shuning uchun bunday ma’lumotlarni taqdim qilmaslik tanlovingiz mavjud takliflar doirasini cheklashi mumkin. Biz mijozlarimizning huquqlarini va sir tutiluvchi shaxsiy ma’lumotlarga oid yuqori darajadagi maxfiylik manfaatlarini hurmat qilamiz. Shunday ekan, biz bunday ma’lumotlar so‘roviga javob berishdan oldin huquqni muhofaza qiluvchi idoralar oʻz yurisdiksiyalaridagi qonunlar va tartiblarga rioya qilishini tekshirish majburiyatini olamiz. Hatto so‘rov yuborgan idoralar yurisdiktsiyasining qonunlariga muvofiq bo‘lsa ham, biz bunday so‘rovlarga oqilona e’tiroz bildirishimiz mumkin.

Qayta ishlash maqsadlari. Biz shaxsiy ma’lumotlaringizni faqat aniq va cheklangan maqsadlar uchun to‘playmiz, qayta ishlaymiz va oshkor qilamiz. Masalan, biz shaxsiy ma’lumotlaringizni barcha Kimberly-Clark brendlarida quyidagilar uchun qayta ishlashimiz mumkin:
- mahsulotlarimiz, xizmatlarimiz, aloqa usullari va saytimiz funksionalligini ishlab chiqish, taqdim etish va yaxshilash;
- so‘rovlarni qayta ishlash va biz taqdim etayotgan mahsulotlar, takliflar va xizmatlarga oid biznes ehtiyojlarimizni boshqarish; bunga savollaringizga javob berish va kerak bo‘lgan hollarda biz bilan bog‘lanishda shaxsingizni tasdiqlash kiradi;
- sizga moslashtirilgan tajriba, tranzaksiya va marketing kommunikatsiyalari hamda maqsadli reklama, jumladan, maxsus takliflar va tavsiyalarni taqdim etish;
- qiziqishlaringizni yaxshiroq tushunish va ichki tadqiqotlar uchun atributlaringiz, xususiyatlaringiz va xulq-atvoringiz haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilish orqali profillar yaratish va sizga yoki sizga o‘xshaganlarga mo‘ljallangan reklama/marketing kampaniyalarini tashkil etish, yetkazib berish va o‘lchash;
- shaxsiy ma’lumotlaringiz va manfaatlarimizni himoya qilish va xavfsizligini ta’minlash; bunga noqonuniy faoliyat, firibgarlik va foydalanish shartlari va boshqa xizmat shartlarini buzish holatlarining oldini olish va tekshirish kiradi hamda
- qonun talablariga, jumladan, huquqni muhofaza qilish organlari, davlat organlari yoki hukumat mandatlari bilan hamkorlik qilish (lekin biz buni qilganimizda, biz faqat qonun talab qiladigan minimal darajadagi ma’lumotlarni oshkor qilamiz).
Huquqiy asoslar. Bundan tashqari, ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha ayrim qonunlar siz haqingizdagi har qanday shaxsiy ma’lumotni qayta ishlashdan oldin bizdan “huquqiy asos” va aniq maqsadga ega bo‘lishni talab qiladi. Shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlashimiz mumkin bo‘lgan huquqiy asoslarimiz quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:
- biz siz bilan tuzmoqchi bo‘lgan (yoki tuzgan) shartnomani tuzish yoki bajarish;
- manfaatlaringiz va asosiy huquqlaringizdan ustun turmaydigan bizning (yoki uchinchi tomonning) qonuniy manfaatlarimiz uchun; bu yuqorida sanab o‘tilgan qayta ishlashning ko‘plab maqsadlarini o‘z ichiga oladi;
- sizning roziligingiz bilan; bunga, masalan, mahsulot va xizmatlarimizga tegishli ayrim to‘g‘ridan-to‘g‘ri marketing va reklama xabarlarini shaxsiylashtirish, yetkazib berish va o‘lchash kiradi; aloqalarimiz ham avtomatlashtirilmagan, ham avtomatlashtirilgan vositalar orqali yuborilishi mumkin (masalan, elektron pochta, ijtimoiy media xabarlari, SMS, MMS, avtomatlashtirilgan terish tizimlari yoki operator odamlar qo‘ng‘iroqlari) va/yoki
- biz qonuniy yoki me’yoriy majburiyatlarga rioya qilishimiz va/yoki davlat va hukumat organlarining so‘rovlariga javob berishimiz kerak bo‘lgan hollarda. Bunga ma’lumotlaringizni huquqni muhofaza qilish organlariga oshkor qilish yoki qonunlar yoki qoidalarga (jumladan, firibgarlikka qarshi qonunlar, pul yuvish yoki soliq qonunlariga) rioya qilish talab qilingan hollarda, shuningdek, korporativ bitimning bir qismi sifatida korxonalarning har qanday potensial yoki haqiqiy qoʻshilishi yoki aktivlarni sotish bilan bogʻliq holda shaxsiy maʼlumotlaringizni uzatish kiradi. Shaxsiy ma’lumotlarni shu asosda, ushbu tartib-qoidalarga muvofiq qayta ishlaganimizda, biz har bir so‘rovni uning haqiqiyligini va so‘rovchi o‘zi so‘ragan shaxsiy ma’lumotlarni olish huquqiga ega ekaniga ishonch hosil qilish uchun sinchkovlik bilan ko‘rib chiqamiz (va kerak bo‘lgan hollarda bunday so‘rovlarga e’tiroz bildirishimiz mumkin).

Individual huquqlar. Shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlaganimizda, siz amaldagi ma’lumotlarni himoya qilishga oid qonunlarda ko‘zda tutilgan muayyan huquqlarga ega bo‘lishingiz mumkin. Ushbu huquqlardan ayrimlari quyida tushintirib beriladi. Siz ushbu tartib-qoidalarning Biz bilan bog‘lanish bo‘limi orqali har qanday savollar bilan Kimberly-Clark kompaniyasiga bog‘lanishingiz yoki huquqlaringizdan foydalanishingiz mumkin. Yana ushbu tartib-qoidalarning Shtat yoki mamlakatga oid oshkor qilish holatlari bo‘limini ko‘rib chiqing, chunki yurisdiksiyangizdagi tegishli maxfiylik to‘g‘risidagi qonunlarga bog‘liq ravishda shaxsiy ma’lumotlaringizga oid quyidagi huquqlarga ega bo‘lishingiz mumkin:
- Xabardor bo‘lish huquqi. Ma’lumotlaringizni qanday qayta ishlashni rejalashtirayotganimiz haqida xabardor bo‘lish huquqiga ega bo‘lishingiz mumkin. Bu ushbu tartib-qoidalarning asosiy maqsadidir;
- Yo‘q qilish yoki o‘chirish huquqi. Shaxsiy ma‘lumotlaringizni o‘chirish huquqiga ega bo‘lishingiz mumkin;
- Ma’lumotlaringizga kirish huquqi. O‘zingizning shaxsiy ma’lumotlaringiz va boshqa qo‘shimcha ma’lumotlarga kirish va ularning nusxasini olish huquqiga ega bo‘lishingiz mumkin;
- Ma’lumotlaringizni ko‘chirish huquqi. Sizda shaxsiy ma’lumotlaringizni olish va ulardan o‘z maqsadlaringiz uchun turli xizmatlar va kompaniyalar bo‘ylab qayta foydalanish huquqi mavjud bo‘lishi mumkin;
- Ma’lumotlaringizga tuzatish kiritish huquqi. Sizda ma’lumotlaringiz aniq bo‘lmagan yoki ularni to‘ldirish kerak bo‘lgan hollarda ularni tuzatish huquqi mavjud bo‘lishi mumkin;
- E’tiroz bildirish huquqi. Sizda qayta ishlashning ma’lum turlari, jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri marketingga e’tiroz bildirish huquqi mavjud bo‘lishi mumkin;
- Roziligingizni bekor qilish huquqi;
- Elektron pochta orqali jo‘natiladigan marketing xabarlari. Agar siz birorta yoki barcha brendlarimiz uchun elektron pochta orqali marketing maqsadlarida shaxsiy ma’lumotlaringizdan foydalanilishini bekor qilmoqchi bo‘lsangiz, marketing elektron pochta xabarlarida ko‘rsatilgandek, obunani bekor qilishingiz mumkin. Shuningdek, siz to‘g‘ridan-to‘g‘ri ba’zi saytlarimizda obunani bekor qilishingiz mumkin (masalan, pastki kolontituldagi “obunani bekor qilish”). Siz biz bilan ushbu tartib-qoidalarning “Biz bilan bog‘lanish” bo‘limi orqali ham bog‘lanishingiz mumkin;
- Telefon yoki SMS orqali yuboraladigan marketing xabarlari. Agar siz birorta yoki barcha brendlarimiz uchun telemarketing yoki SMS marketingi maqsadlarida shaxsiy ma’lumotlaringizdan foydalanilishini bekor qilmoqchi bo‘lsangiz, marketing matnli xabarlarida ko‘rsatilganidek, “Toʻxtatish” matnli xabarini yuboring. Siz biz bilan ushbu tartib-qoidalarning “Biz bilan bog‘lanish” bo‘limi orqali ham bog‘lanishingiz mumkin;
- Pochta orqali yuboraladigan marketing xabarlari. Agar siz birota yoki barcha brendlarimiz uchun pochta orqali marketing maqsadlarida shaxsiy ma’lumotlaringizdan foydalanilishini bekor qilmoqchi bo‘lsangiz, biz bilan ushbu tartib-qoidalarning “Biz bilan bog‘lanish” bo‘limi orqali bog‘lanishingiz mumkin;
- Qiziqishga asoslangan yoki onlayn xatti-harakatlar asosidagi reklama. Onlayn xatti-harakatlar asosidagi reklama – ma’lum vaqt davomidagi va bir necha uchinchi tomon veb-saytlari va ilovalaridagi onlayn ko‘rib chiqish harakatlaringiz asosida afzal bilgan narsalaringiz va qiziqishlaringizga sozlangan avtomatlashtirilgan, moslashtirilgan reklama. Afzal bilgan narsalaringiz va qiziqishlaringiz biz yoki boshqa tomonlar siz haqingizda to‘plagan shaxsiy ma’lumotlar asosida aniqlanadi. Siz ushbu reklamani mobil ilovalar yoki veb-saytlardagi reklama kabi onlayn xizmatlardan foydalanganda olishingiz mumkin;
- Digital Advertising Alliance’da ishtirok etuvchi kompaniyalardan qiziqishga asoslangan reklama olishni mana bu yerda rad qilishingiz mumkin. Yevropalik foydalanuvchilar mana bu yerda rad qilishi mumkin. Hatto rad etgan hollaringizda ham, siz reklamalarni ko‘rishingiz mumkin, lekin ular ko‘rish faoliyatingizga emas, siz kiradigan saytlar kontekstiga asoslanadi. Onlayn harakatlar asosidagi reklama bo‘yicha batafsil ma’lumotlar olish uchun mana bu yerga o‘ting;
- Sodiqlik dasturi, maxsus takliflar, lotereyalar yoki moliyaviy rag‘batlantirishlar. Agar siz ushbu dasturlar yoki takliflarda qatnashishingizni to‘xtatmoqchi bo‘lsangiz, ushbu tartib-qoidalarning “SShtat yoki mamlakatga oid oshkor qilish holatlari” bo‘limida bayon qilingani kabi biz bilan bog‘lanishingiz mumkin.
- Kamsitishga duchor qilinmaslik huquqi. Qonuniy huquqlaringizni amalga oshirishingiz uchun siz kamsitilishga duchor qilinmaslik huquqiga ega bo‘lishingiz mumkin (masalan, tovarlar yoki xizmatlar berishni rad qilish, tovarlar yoki xizmatlar uchun turli narxlar yoki stavkalarni olish, tovarlar yoki xizmatlar sifatining boshqa darajasini taqdim etish). Biroq, agar siz rad qilsangiz (yoki ma’lumotlaringizni baham ko‘rishni toʻxtatsangiz) biz sizga boshqa narx, tarif, daraja, sifat yoki tovar yoki xizmatlar tanlovini taklif qilishimiz mumkin va bu farq maʼlumotlaringiz bizga taqdim etgan qiymatga asosli ravishda bogʻliqdir. Batafsil ma’lumot olish uchun ushbu tartib-qoidalarning “Shtat yoki mamlakatga oid oshkor qilish holatlari” bo‘limiga qarang.
- Avtomatlashtirilgan qarorlar qabul qilish yoki tarjimai holga qarab hukm chiqarilishiga duchor bo‘lmaslik huquqi. Siz avtomatlashtirilgan qarorlar qabul qilmaslik (faqat avtomatlashtirilgan vositalar yordamida va hech qanday inson aralashuvisiz yaratilgan qaror), jumladan, tarjimai holga qarab hukm chiqarilsh yoki siz haqingizda amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan qonuniy yoki shunga o‘xshash muhim ta’sirga ega bo‘lgan ba’zi narsalarni baholash uchun shaxsiy ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan qayta ishlash huquqiga ega bo‘lishingiz mumkin. Siz, shuningdek, inson ishtirokini so‘rash, qaror yuzasidan tushuntirish olish yoki bunday qarorga e’tiroz bildirish huquqiga ega bo‘lishingiz mumkin;
- Sir tutilishi kerak bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlaringizdan foydalanishni cheklash huquqi. Sir tutilishi kerak bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlaringizni cheklash yoki o‘chirish huquqiga ega bo‘lishingiz mumkin. Batafsil ma’lumotlar olish uchun ushbu tartib-qoidalarning “Shtat yoki mamlakatga oid oshkor qilish holatlari” bo‘limiga qarang;
- Ma’lumotlaringizni baham ko‘rmaslik yoki sotmaslik huquqi va/yoki maqsadli reklamani rad qilish huquqi. Amaldagi qonunchilikka muvofiq, ma’lumotlaringizni sotmaslik yoki ma’lum maqsadlar uchun baham ko‘rmaslik huquqiga ega bo‘lishingiz mumkin. Xuddi shu kabi, siz maqsadli reklamani rad etish huquqiga ega bo‘lishingiz mumkin. Bunday muayyan vaqt davomidagi faoliyatingiz natijasida olingan va shaxsiy ma’lumotlaringizga asoslangan reklamani aloqador bo‘lmagan veb-saytlar yoki onlayn ilovalar orqali olishingiz mumkin. Batafsil ma’lumotlar olish uchun ushbu Siyosatning “Shtat yoki mamlakatga xos oshkor qilishlar” bo‘limiga qarang; va/yoki
- Vakolatli nazorat organiga shikoyat qilish huquqi. Siz shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlashimiz bo‘yicha nazorat qiluvchi organga shikoyat qilish huquqiga ega bo‘lishingiz mumkin. Batafsil ma’lumot olish uchun ushbu tartib-qoidalarning “Shtat yoki mamlakatga oid oshkor qilish holatlari” bo‘limiga qarang.
So‘rovlarni tekshirish. Maxfiyligingizni himoya qilish va xavfsizlikni saqlashga yordam berish uchun biz amaldagi qonunlarga muvofiq shaxsiy ma’lumotlaringizga kirish huquqini berish yoki so‘rovingizni bajarish kabi muayyan huquq so‘rovlarini ko‘rib chiqishdan oldin shaxsingizni tekshirish choralarini ko‘ramiz. Agar siz vakolatli agentni o‘z nomingizdan so‘rov yuborish uchun tayinlasangiz, biz sizdan (a) vakolatli agentga buning uchun yozma ruxsat berishingizni va huquq so‘rovini ko‘rib chiqishda biz bilan bunday ruxsatni baham ko‘rishingizni yoki (b) shaxsingizni to‘g‘ridan-to‘g‘ri bizda tasdiqlashingizni talab qilishimiz mumkin.

Ma’lumotlarni saqab turish. Biz ma’lumotlaringizni biznes, soliq yoki qonuniy maqsadlarda, jumladan, ushbu tartib-qoidalarda tavsiflangan huquqiy asoslar uchun kerak bo‘ladigan muddat davomida saqlaymiz. Shundan so‘ng biz ularni yo‘q qilamiz yoki to‘liq anonimlashtiramiz. Yana ushbu tartib-qoidalarning “Shtat yoki mamlakatga oid oshkor qilish holatlari” bo‘limini ko‘rib chiqing.
Ma’lumotlar xavfsizligi. Biz siz taqdim etgan shaxsiy ma’lumotlarni tasodifiy, noqonuniy yoki ruxsatsiz kirish, yo‘q qilish, yo‘qotish, o‘zgartirish, oshkor qilish yoki foydalanishdan himoya qilishga mo‘ljallangan ma’muriy, texnik va fizik himoya choralarini qo‘llaymiz.

Saytimiz umumiy auditoriya uchun mo‘ljallangan va bolalar uchun ko‘zlanmagan yoki mo‘ljallanmagan. Umuman olganda, biz odatda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning shaxsiy ma’lumotlarini bila turib to‘plamaymiz yoki qayta ishlamaymiz, mahalliy qonunchilikda kichikroq yosh ko‘rsatilgan yoki ruxsat berilgan hollar bundan mustasno.
16 yoshga to‘lmagan (yoki mahalliy qonunchilikda ko‘zda tutilgan yoshga to‘lmagan) bolalardan bila turib shaxsiy ma’lumotlarni to‘plash yoki qayta ishlashda biz barcha amaldagi ma’lumotlarni himoya qilish qonunlariga amal qilamiz. Masalan, AQSh’da biz 13 yoshdan kichik bolalardan shaxsiy ma’lumotlarni to‘plashda qonun talabiga binoan ota-onasining tasdiqlangan roziligini olamiz.

- Cookie-fayllar va shunga o‘xshash kuzatuv texnologiyalari. Saytimizga kirganingizda, biz cookie-fayllar, veb-server jurnallari, veb-mayoqlar va shunga o'xshash boshqa texnologiyalar va usullar kabi avtomatlashtirilgan vositalar yordamida ayrim ma’lumotlarni olishimiz mumkin.
- “Cookie-fayl” – veb-saytlar kiruvchilar’ning kompyuteriga yoki Internetga ulangan boshqa qurilmaga kiruvchilar brauzerini aniq aniqlash yoki brauzerda ma’lumotlar yoki sozlamalarni saqlash uchun yuboradigan matn fayl.
- Qat’iy zarur yoki фsosiy cookie-fayllar. Ushbu cookie-fayllar sayt ishlashi uchun zarur va ularni bizning tizimlarimizda o‘chirib bo‘lmaydi. Ular odatda Saytlarimizni ko‘rib chiqish, xizmatlarni so‘rash, maxfiylik afzalliklarini o‘rnatish yoki tizimga kirish yoki shakllarni to‘ldirish kabi biz bilan o‘zaro munosabatingizga javoban o‘rnatiladi. Siz brauzeringizni ushbu cookie-fayllar haqida sizni ogohlantiradigan yoki bloklaydigan qilib sozlashingiz mumkin, biroq bunday hollarda saytning ayrim qismlari ishlamasligi mumkin.
- Funksional, marketing yoki muhim bo‘lmagan cookie-fayllar. Ushbu cookie-fayllar saytga tajribangizni shaxsiylashtirish va marketing uchun kengaytirilgan funksiyalarni taqdim etish imkonini beradi. Ushbu cookie-fayllar bizga tashriflarni hisoblash imkonini ham beradi, shunda saytimiz faoliyatini o‘lchashimiz va yaxshilashimiz mumkin. Ushbu cookie-fayllarni biz yoki o‘zimiz saytlarimizga xizmatlarini qo‘shgan uchinchi tomon provayderlari o‘rnatishi mumkin. Agar siz ushbu cookie-fayllarga ruxsat bermasangiz, bu funksiyalarning bir qismi yoki barchasi to‘g‘ri ishlamasligi mumkin.
- Saytimizga kirish va undan foydalanilishni baholashga yordam berish uchun Google Analytics (va shunga o‘xshash yechimlar toifalari) orqali qo‘shimcha ma’lumotlar to‘planishi mumkin. Google Analytics haqida koʻproq maʼlumot olish uchun www.google.com/policies/privacy/partners/ saytiga kiring va voz kechish haqida maʼlumotni mana bu yerdan toping: https://tools.google.com/dlpage/gaoptout.
- Internet tegi, piksel tegi yoki aniq GIF sifatida ham ma’lum bo‘lgan “veb-mayoq” veb-sahifalarni veb-serverlar va cookie-fayllarga bog‘laydi va ulardan cookie-fayllar orqali to‘plangan ma’lumotlarni veb-serverga qaytarish uchun foydalanilishi mumkin.
- Cookie-fayllar va kuzatish texnologiyalaridan foydalanishimiz haqaida ma’lumot.
- Qurilmalaringiz, ko‘rib chiqish bo‘yicha harakatlaringiz va foydalanish namunalari haqida ma’lumot to‘plash uchun saytimizda ushbu avtomatlashtirilgan texnologiyalardan foydalanishimiz mumkin. Biz shu tarzda olinadigan ma’lumotlar qurilmangiz internet protokoli (IP) manzili, qurilmangiz joylashuvi yoki qurilmalaringiz bilan bog‘liq identifikatorlar, saytimizga ulangan qurilmalar turlari, veb-brauzer xususiyatlari, qurilma xususiyatlari, til afzalliklari, havola/chiqish sahifalari, klik oqimi ma’lumotlari va saytimizga yoki mobil ilovalarimizga kirish sanalari va vaqtini o‘z ichiga olishi mumkin.
- Ushbu texnologiyalar bizga (1) ularni qaytadan kiritishimiz shart bo‘lmasligi uchun ma’lumotingizni eslab qolishga; (2) saytimizdan qanday foydalanayotganingizni va u bilan o‘zaro aloqalaringizni kuzatish va tushunishga; (3) marketing va reklama uchun saytimizni afzalliklaringiz bo‘yicha moslashtirishga; (4) saytimiz yoki mobil ilovalarimizdan foydalanish qulayligini va aloqalarimiz samaradorligini o‘lchashga; va (5) biznesimizni boshqacha tarzda boshqarish, xizmatlarimizni yaxshilash va ularning to‘g‘ri ishlashini kafolatlashga yordam beradi.
- Biz foydalanuvchilarning ehtiyojlarini yaxshiroq tushunish hamda veb-saytlarimiz va yakuniy foydalanuvchi tajribasini optimallashtirish uchun roziligingiz bilan sessiyani takrorlash/ekranni suratga olish vositalaridan foydalanamiz. Biz va/yoki xizmat provayderlarimiz veb-saytlardagi foydalanuvchilarning faolligini kuzatish uchun (ya’ni xizmatlardan qanday foydalanishingiz va harakatlanishingizni o‘rganish uchun) cookie-fayllar, piksellar va shunga o‘xshash texnologiyalardan foydalanamiz.
- Biz vaqti-vaqti bilan video kontentni joylashtirish uchun YouTube xizmati kabi xizmatlardan foydalanishimiz va saytimizdan chiqmasdan videoni tomosha qilishingingizga ruxsat berish uchun YouTube pleyerini saytimizga joylashtirishimiz mumkin. Ushbu funksiya YouTube video pleyerini bosganingizdan keyin cookie-fayllarni o‘rnatishi yoki boshqa tarzda ma’lumotlarni to‘plashi mumkin.
- Qurilmalaringiz, ko‘rib chiqish bo‘yicha harakatlaringiz va foydalanish namunalari haqida ma’lumot to‘plash uchun saytimizda ushbu avtomatlashtirilgan texnologiyalardan foydalanishimiz mumkin. Biz shu tarzda olinadigan ma’lumotlar qurilmangiz internet protokoli (IP) manzili, qurilmangiz joylashuvi yoki qurilmalaringiz bilan bog‘liq identifikatorlar, saytimizga ulangan qurilmalar turlari, veb-brauzer xususiyatlari, qurilma xususiyatlari, til afzalliklari, havola/chiqish sahifalari, klik oqimi ma’lumotlari va saytimizga yoki mobil ilovalarimizga kirish sanalari va vaqtini o‘z ichiga olishi mumkin.
- Cookie-fayllarni boshqarish yoki o‘chirish.
- Amaldagi qonunchilik talab qilgan hollarda biz saytimizda kuzatuv texnologiyasi boshqaruvi va rozilik vositalarini taqdim etamiz. Odatda ushbu vositalar sizga biz va provayderlarimiz qurilmangizga uncha muhim bo‘lmagan cookie-fayllar va shunga o‘xshash texnologiyalarni joylashtirishni boshqarish imkonini beruvchi “cookie-fayllar sozlamalari” opsiyasini taqdim etadi. Agar siz kirayotgan saytda kuzatuv texnologiyalarini boshqarish vositalari oʻrnatilgan boʻlsa, biz yoki sahifalarimizga xizmatlarini qoʻshgan uchinchi tomon provayderlarimiz oʻrnatgan cookie-fayllarni (yuqorida tavsiflangani kabi) koʻrishingiz va tanlashingiz mumkin.
- Maqsadli reklama, onlayn kuzatuv va shaxsiy ma’lumotlarni baham ko‘rishni (zarur bo‘lganida) nazorat qilish yoki cheklash uchun mavjud huquqlar va vositalar haqida bilish uchun ushbu tarftib-qoidalarning “Maxfiylikka oid huquqlaringiz” va “Shtat yoki mamlakatga oid oshkor qilish holatlari” bo‘limlariga qarang.
- Shuningdek, siz brauzer sozlamalaringizdan foydalanib, Kimberly-Clark yoki uchinchi tomon cookie-fayllarini o‘chirib qo‘yishingiz ham mumkin.
- Mobil qurilmalar uchun mobil qurilmangizdagi maxfiylik va xavfsizlik sozlamalarini sozlash orqali qurilmangiz va brauzeringiz ma’lum qurilma ma’lumotlarini qanday baham ko‘rishini boshqarishingiz mumkin.
- Bundan tashqari, siz biz bilan yoki bizning saytlarimizdan biri bilan ijtimoiy tarmoq veb-saytlari orqali bog‘lanishingiz mumkin. Ijtimoiy tarmoq veb-saytida yoki uchinchi shaxslarga ma’lumot yuborishdan oldin ularning maxfiylik siyosati va amaliyoti bilan tanishib chiqishingiz kerak. Biz ushbu uchinchi tomonlarning maxfiylik amaliyotlari uchun javobgar emasmiz.
- Cookie-fayllar, jumladan, qanday cookie-fayllar o‘rnatilganini va ularni qanday boshqarish va o‘chirish haqida ko‘proq ma’lumot olish uchun www.allaboutcookies.org saytiga kiring.

Agar tartib-qoidalarimiz haqida savollaringiz bo‘lsa yoki maxfiylik huquqi yoki tanlovidan foydalanishni istasangiz, siz bilan gaplashsish tayyormiz. Biz 175 dan ortiq mamlakat va mintaqada mahsulotlarimiz va xizmatlarimizni sotamiz. Sizga eng yaxshi xizmat ko‘rsatishi uchun mana bu yerda mahalliy jamoalarimizga yordam so‘rab murojaat qiling. Ushbu sahifadan mamlakatingiz/mintaqangizni tanlang va “taqdim etish” tugmasini bosing.
Shuningdek, Global maxfiylik boʻyicha xodimimizga quyidagi manzil orqali murojaat qilishingiz mumkin:
[email protected]
1-888-525-8373
Kimberly-Clark Corporation
P.O. Box 2020
Neenah, WI 54957-2020
Biz bilan bog‘lanish uchun vaqt ajratganingiz uchun tashakkur.
Shtat yoki mamlakatga oid oshkor qilish holatlari
Kaliforniya shtatining “Maxfiylik huquqlari to‘g‘risida”gi qonuni bo‘yicha bayonoti
Yangilash sanasi: 01/28/2025
Ushbu Kaliforniya shtatining “Iste’molchilar haqidagi ma’lumotlarning maxfiyligi haqida”gi bayonoti (“Bayonot”) Kimberly-Clark
korporatsiyasining Maxfiylik
siyosatini to‘ldiradi. U faqat Kaliforniya shtati iste’molchilariga taalluqlidir hamda biz
onlayn va oflayn rejimda to‘playdigan shaxsiy ma’lumotlarga nisbatan qo‘llanadi. Ushbu bayonot Kimberly-Clark kompaniyasi xodimlariga taalluqli emas. Ushbu
bayonotning 2-5 bo‘limlari ishga da’vogarlarga taalluqli emas.
Ushbu bayonotda ayrim atamalar ishlatiladi, ulardan 2018-yilda qabul qilingan
“Kaliforniya shtatidagi iste’molchilar shaxsiy hayotini himoya qilish to‘g‘risi”dagi qonun bilan ma’no yuklatilgan va 2020-yilda qabul qilingan va o‘zgartirishlar kiritilgan “Kaliforniya shtatida shaxsiy hayot huquqlari to‘g‘risi”dagi qonunda, shuninigdek, har qanday implementatsiya etuvchi
me’yoriy hujjatlarda (“CCPA”) foydalaniladi.
Biz siz haqingizda quyidagi shaxsiy (jumladan, sir tutiluvchi) maʼlumotlar toifalarini toʻplashimiz mumkin (va ular ushbu Bayonot kuchga kirgan sanadan oldingi 12 oy davomida toʻplangan boʻlishi mumkin):
- Identifikatorlar: haqiqiy ism, taxallus, pochta manzili, noyob shaxsiy identifikator (masalan, qurilma identifikatori; cookie-fayllar, mayoqlar, piksel teglari, mobil reklama identifikatorlari va shunga o‘xshash texnologiya; mijoz raqami, noyob taxallus yoki foydalanuvchi taxalluslari; telefon raqami va boshqa doimiy yoki ehtimol tutilgan identifikatorlar formalari), internet protokoli manzili, elektron pochta manzili va hisob nomi.
- Kaliforniya shtati Fuqarolik kodeksining § 1798.80-bo‘limiga ko‘ra, qo‘shimcha ma’lumotlar subyekti:
imzo, jismoniy xususiyatlar yoki tavsif, ta’lim va moliyaviy yoki salomatlik haqida ma’lumot.
- Himoyalangan tasniflar: himoyalangan tasnif xususiyatlari : irq, teri rangi, milliy kelib chiqish, din, yosh, jins, gender, salomatlik holati, nogironlik, fuqarolik maqomi, harbiy va faxriy maqom Kaliforniya shtati qonunlari yoki federal qonunlari bilan himoyalangan.
- Tijoriy ma’lumotlar: tijoriy ma‘lumotlar, sotib olingan, olingan yoki ko‘rib chiqilgan mahsulotlar yoki xizmatlar va boshqa sotib olish yoki iste’mol qilish tarixi yoki tamoyillari.
- Onlayn harakatlar: Internet va boshqa elektron tarmoqdagi faoliyat haqidagi ma’lumotlar, jumladan, lekin bular bilan cheklanmagan holda, ko‘rib chiqishlar tarixi, qidiruvlar tarixi va sayt bilan o‘zaro munosabatlaringiz haqidagi ma’lumotlar.
- Geolokatsiya ma’lumotlari
- Mehnat faoliyati haqidagi ma’lumotlar: kasbi yoki mehnat faoliyatiga oid ma’lumotlar.
- Ta’lim haqidagi ma’lumotlar: “Oilaning taʼlim huquqlari va shaxsiy daxlsizligi toʻgʻrisida”gi qonunda (20 USC. Sec. 1232g; 34 C.F.R. 99-qism) belgilanganidek, ommaga ochiq boʻlmagan taʼlim maʼlumotlari
- Xulosalar: siz afzal bilgan narsalar, xususiyatlaringiz, psixologik tamoyillaringiz, moyilliklaringiz, xulq-atvoringiz, qarashlaringiz, aql-zakovatingiz, qobiliyatingiz va layoqatingizni aks ettiruvchi profil yaratish uchun yuqorida aniqlangan har qanday ma’lumotlardan olingan xulosalar.
Biz shaxsiy ma’lumotlaringizdan Maxfiylik siyosatimizda tavsiflangan maqsadlarda va CCPA’da ko‘rsatilgan quyidagi biznes yoki tijorat maqsadlarida foydalanishimiz mumkin (va ushbu bayonot kuchga kirgunga qadar 12 oylik muddat ichida foydalangan bo‘lishimiz mumkin):
- Xizmatlarni amalga oshirish, jumladan, hisoblarni yuritish yoki ularga xizmat ko‘rsatish, mijozlarga xizmat ko‘rsatish, buyurtmalar va tranzaksiyalarni qayta ishlash yoki bajarish, mijozlar haqidagi ma’lumotlarini tekshirish, to‘lovlarni qayta ishlash, reklama yoki marketing xizmatlarini ko‘rsatish, tahliliy xizmatlarni taqdim etish yoki shunga o‘xshash xizmatlarni taqdim etish
- Siz bilan joriy oʻzaro aloqa va bir vaqtda amalga oshiriladigan tranzaksiyalar bilan bogʻliq audit, jumladan, lekin bu bilan cheklanmagan holda, noyob tashrif buyuruvchilarga reklama necha marta ko‘rsatilganini hisoblash, reklama joylashuvi va uni ko‘rsatish sifatini tekshirish, shuningdek, va talablarga muvofiqlik auditi
- Qisqa muddatli, vaqtinchalik foydalanish, jumladan, lekin shu bilan cheklanmagan holda, bir xil oʻzaro taʼsirning bir qismi sifatida koʻrsatilgan reklamalarni kontekstga moslashtirish
- Xavfsizlik hodisalarini aniqlash, zararli, aldamchi, firibgarlik yoki noqonuniy xatti-harakatlardan himoya qilish va ushbu faoliyat uchun javobgarlarni javobgarlikka tortish
- Mavjudligi taxmin qilingan funksionallikni buzadigan xatolarni aniqlash va bartaraf qilish uchun nosozliklarni tuzatish.
- Texnologik rivojlanish va namoyish qilish uchun ichki tadqiqotlar o‘tkazish
- Bizga tegishli bo‘lgan, biz ishlab chiqargan, biz uchun ishlab chiqarilgan yoki biz nazorat qiladigan xizmat yoki qurilmaning sifati yoki xavfsizligini tekshirish yoki qo‘llab-quvvatlash hamda bizga tegishli bo‘lgan, biz ishlab chiqargan, biz uchun ishlab chiqarilgan xizmat yoki qurilmani yaxshilash, yangilash yoki kuchaytirish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish
- Kimberly-Clark kompaniyasidagi xizmat pillapoyalaridan ko‘tarilish imkoniyatlarini boshqarish
Ushbu bayonot kuchga kirgunga qadar 12 oylik davr mobaynida siz haqingizdagi shaxsiy ma’lumotlarni quyidagi manbalardan olgan bo‘lishimiz mumkin:
- To‘g‘ridan-to‘g‘ri sizdan, masalan, savol so‘rab biz bilan bog‘langaningizda
- Qurilmalaringizdan, masalan, saytimizga yoki mobil ilovalarga kirganingizda
- Oilangiz yoki do‘stlaringiz, masalan, sizni qiziqtiradigan ma’lumotlarni yuborishimiz uchun ular bizga aloqa ma’lumotlaringizni taqdim etganida
- Filiallarimiz va sho‘ba kompaniyalarimiz
- Nomimizdan xizmatlar ko‘rsatuvchi sotuvchilar
- Qo‘shma marketing hamkorlarimiz
- Onlayn reklama xizmatlari va reklama tarmoqlari
- Davlat organlari
- Ijtimoiy tarmoqlar
- Ma‘lumotlar brokerlari
- Ma‘lumotlar tahlili provayderlari
Roziligingizsiz biz shaxsiy ma’lumotlaringizni pul evaziga sotmaymiz.
Qo‘limizda jismoniy shaxs’ning yoshi to‘g‘risida haqiqiy ma’lumotlar mavjud bo‘lgan hollarda biz 16 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlarning shaxsiy ma’lumotlarini atay tasdiqlovchi ruxsatsiz sotmaymiz yoki baham ko‘rmaymiz. Hisob uchun ro‘yxatdan o‘tgan 16 yoshga to‘lmagan har qanday jismoniy shaxs o‘z shaxsiy ma’lumotlarini sotish yoki baham ko‘rishdan avtomatik ravishda voz kechadi. Agar jismoniy shaxs o‘z shaxsiy maʼlumotlarini sotish yoki baham koʻrish va rozi boʻlishni istasa, u buni oʻzining onlayn profilidagi “Mening shaxsiy maʼlumotlarimni sotma yoki baham koʻrma” qismidan tasdiq belgisini olib tashlash orqali amalga oshirishi kerak.
Biz ba’zi uchinchi shaxslarga (masalan, onlayn reklama xizmatlari) pul bo‘lmagan to‘lov evaziga saytimizdagi avtomatlashtirilgan texnologiyalar orqali shaxsiy ma’lumotlaringizni to‘plashiga ruxsat berishimiz mumkin. Biz quyida sanab o‘tilgan shaxsiy ma’lumotlar toifalarini onlayn reklamaning biznes va tijoriy maqsadlar hamda saytimizda uchinchi tomon ijtimoiy tarmoqlari xususiyatlari va funksiyalarini ta’minlash uchun baham ko‘ramiz. Ushbu uchinchi shaxslar Google, Coveo, Twitter, Facebook, EqualWeb va Neustar’ni o‘z ichiga olishi mumkin. Saytlarimizda ma’lumot to’playdigan uchinchi shaxslarning yangilangan ro‘yxatini ko‘rish uchun cookie-fayllarni sozlash vositasidan foydalanishingiz mumkin. Ushbu uchinchi shaxslar shaxsiy ma‘lumotlaringizdan mulkimizni optimallashtirish, o‘zaro kesishuvchi kontekstli reklamalarni ko‘rsatish va o‘z platformalarini boshqarish uchun foydalanishi mumkin. Uchinchi shaxslar’ning ma’lumotlar to‘plashi haqida ko‘proq ma’lumot olish uchun yuqoridagi
Cookie-fayllar va shunga o‘xshash kuzatuv texnologiyasi bo‘limiga qarang. Quyida ushbu bayonotning 5-bo‘limida (Kaliforniya shtati iste’molchilari huquqlari) ko‘rsatilganidek, Kaliforniya shtati qonunchiligiga muvofiq, “sotish” yoki “baham ko‘rish” deb hisoblanishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlaringizni oshkor qilishdan voz kechish huquqiga egasiz.
Ushbu bayonot kuchga kirgunga qadar 12 oylik davr mobaynida biz shaxsiy ma’lumotlarning quyidagi toifalarini sotgan yoki baham ko‘rgan bo‘lishimiz mumkin:
Shaxsiy ma’lumotlar toifasi |
Uchinchi tomon toifasi |
Identifikatorlar |
|
Tijoriy ma’lumotlar |
|
Onlayn harakatlar |
|
Xulosalar |
|
Ushbu bayonot kuchga kirgunga qadar 12 oylik davr mobaynida biz shaxsiy ma‘lumotlaringizni quyida tavsiflanganidek, ayrim toifadagi uchinchi shaxslar va xizmat ko‘rsatuvchi provayderlarga oshkor qilgan bo‘lishimiz mumkin.
Biz ushbu bayonotning 1-bo‘limida (Shaxsiy ma’lumotlarni to‘plash va ulardan foydalanish to‘g‘risida eslatma) ko‘rsatilgan tijorat va biznes maqsadlarida quyida sanab o‘tilgan shaxsiy ma’lumotlarning quyidagi toifalarini uchinchi shaxslarning mana bu toifalariga oshkor qilgan bo‘lishimiz mumkin:
Shaxsiy ma’lumotlar toifasi |
Uchinchi tomon toifasi |
Identifikatorlar |
|
Kaliforniya shtati Fuqarolik Kodeks § 1798.80-qonun |
|
Himoyalangan tasniflar |
|
Tijoriy ma’lumotlar |
|
Onlayn harakatlar |
|
Geolokatsiya ma’lumotlari |
|
Sir tutiluvchi ma’lumot |
|
Mehnat faoliyati haqidagi ma’lumot |
|
Ta’lim haqidagi ma’lumot |
|
Xulosalar |
|
Yuqorida ko‘rsatilgan uchinchi shaxslar toifalariga qo‘shimcha ravishda, ushbu bayonot kuchga kirgunga qadar 12 oylik davr mobaynida biz siz haqingizdagi shaxsiy ma’lumotlarni quyidagi uchinchi shaxslar toifalariga oshkor qilgan bo‘lishimiz mumkin:
- Davlat organlari
Maxfiylik huquqlari. Sizda, quyida tavsiflanganidek, shaxsiy maʼlumotlaringizga oid ma’lum tanlovlar bor. Agar siz ushbu tanlov va huquqlarning birortasidan foydalansangiz, biz sizni nolqulay ahvolga solib qo‘ymaymiz. Sizga tovarlar yoki xizmatlar uchun rad javobi berilmaydi yoki ular uchun turli narxlar, yoki tariflar undirilmaydi, yoki tovarlar yoki xizmatlarning boshqa darajasi yoki sifati taqdim etilmaydi.
Talab qanday taqdim etilishi haqida ma’lumot. Sir tutiluvchi shaxsiy maʼlumotlarni bilish, oʻchirish yoki tuzatish yoki ulardan foydalanishni cheklash boʻyicha soʻrov yuborish uchun mana bu yerni bosing yoki 888-525-8378 raqamini terib bizga qoʻngʻiroq qiling. “Oydinlik kiritish” talabini taqdim etish uchun yozma talabni quyidagi manzilga yuboring: Kimberly-Clark Corporation, P.O. Box 2020, Neenah, WI 54957-2020. Shaxsiy ma’lumotlaringizni sotish yoki baham ko‘rishni rad etish uchun pastdagi tugmani bosing yoki bizning [email protected] elektron pochta manzilimizga xat yuboring.
Huggies® brendi |
|
Pull-Ups® brendi |
|
GoodNites® brendi |
|
Poise® brendi |
|
Depend® brendi |
|
U by Kotex® brendi |
|
Kleenex® brendi |
|
Scott® brendi |
|
Viva® brendi |
https://www.vivatowels.com/en-us/ssols/donotsellmypersonalinfo |
Cottonelle® brendi |
|
Huggies® Healthcare brendi |
|
Kimberly-Clark Corporation |
|
K-C kompaniyasidan ish topish |
Vakolatli agentlar. Nomingizdan so‘rovlarni yuborish uchun vakolatli agent tayinlashingiz mumkin. Iste’molchi nomidan vakolatli agent sifatida so‘rov yuborish uchun “Maxfiylik siyosati”mizning “Biz bilan qanday bog‘lanishmumkinligi haqida ma’lumot” bo‘limida tavsiflanganidek, biz bilan bog‘laning.
So‘rovlarni tekshirish. Maxfiyligingizni himoya qilish va xavfsizlikni taʼminlash uchun biz sizga shaxsiy maʼlumotlaringizga kirishga ruxsat berishdan yoki soʻrovingizni bajarishdan oldin shaxsingizni tasdiqlash choralarini koʻramiz. Agar bizda hisob qaydnomangiz bo‘lsa, hisobingizga kirishni talab qilish orqali shaxsingizni tekshirishimiz mumkin. Agar bizda hisob qaydnomangiz bo‘lmasa va shaxsiy ma’lumotlaringizga kirish yoki o‘chirishni so‘rasangiz, biz sizdan quyidagi ma’lumotlardan birini taqdim etishingizni talab qilishimiz mumkin: ismingiz, familiyangiz, tug‘ilgan oy & yilingiz, elektron pochta manzilingiz, pochta manzilingiz. Bundan tashqari, agar hisob qaydnomangiz bo‘lmasa va bizdan shaxsiy ma’lumotlarning aniq qismlarini taqdim etishimizni so‘rasangiz, shaxsiy ma’lumotlaringiz so‘rov predmeti bo‘lgan iste’molchi ekaningiz haqida yolg‘on guvohlik beriganlik uchun jazo beriladigan deklaratsiyani imzolashingizni talab qilamiz. Agar siz vakolatli agentni o‘z nomingizdan kirish, o‘chirish yoki sotishdan voz kechish so‘rovini yuborish uchun tayinlasangiz, (a) sizdan buning uchun vakolatli agentga yozma ruxsat berishingizni talab qilishimiz mumkin va (b) kirish va o‘chirish so‘rovlari uchun, sizdan o‘z shaxsingizni to‘g‘ridan-to‘g‘ri bizga tasdiqlashingizni talab qilishimiz mumkin (yuqorida aytib o‘tilganidek).
Oldingi kalendar yili uchun CCPA ko‘rsatkichlari. Ushbu bayonotda qayd etilganidek, CCPA Kaliforniya shtati aholisiga shaxsiy ma’lumotlarni bilish, o‘chirish, ularga tuzatish kiritish, ularni sotish/baham ko‘rishni rad qilish va maxfiy shaxsiy ma’lumotlardan foydalanishni cheklash kabi muayyan huquqlarni beradi. CCPA’ga muvofiq, ushbu so‘rovlarni ko‘rib chiquvchi ayrim korxonalar ushbu huquqlar haqida ma’lumotlarni e’lon qilishi kerak. Kaliforniya shtati aholisi uchun 2024-yil 1-yanvardan 2024-yil 31-dekabrgacha boʻlgan davrga oid maʼlumotlar quyida keltirilgan.
Kirish huquqi yoki bilish huquqi so‘rovlari | 2024-yil yan.-dek. | |
Olingan kirish yoki bilish huquqi so‘rovlarining jami soni |
04 | |
To‘liq yoki qisman bajarilgan kirish yoki bilish huquqi so‘rovlarining jami soni |
0 | |
Rad qilingan kirish yoki bilish huquqi so‘rovlarining jami soni |
04 | |
Eslatma: K-C bilish so‘rovlariga asosli javob berish uchun o‘rtacha 6 hafta vaqt sarfladi. |
||
O‘chirish huquqi so‘rovlari | 2024-yil yan.-dek. | |
Olingan o‘chirish so‘rovlarining jami soni |
23 | |
To‘liq yoki qisman bajarilgan o‘chirish so‘rovlarining jami soni |
17 | |
Rad qilingan o‘chirish so‘rovlarining jami soni |
06 | |
Eslatma: K-C o‘chirish so‘rovlariga jiddiy javob bergan kunlarning o‘rtacha soni 3 hafta bo‘ldi. |
||
Sotmaslik yoki baham ko‘rmaslik so‘rovlari | 2024-yil yan.-dek. | |
Olingan sotmaslik yoki baham ko‘rmaslik so‘rovlarining jami soni |
231 | |
To‘liq yoki qisman bajarilgan sotmaslik yoki baham ko‘rmaslik so‘rovlarining jami soni |
231 | |
Rad qilingan sotmaslik yoki baham ko‘rmaslik so‘rovlarining jami soni |
0 | |
Eslatma: K-C rad qilish so‘rovlariga jiddiy javob bergan kunlarning o‘rtacha soni 10 kun bo‘ldi. |
||
Sir tutiluvchi shaxsiy ma’lumotlardan foydalanishni cheklash so‘rovlari | 2024-yil yan.-dek. | |
Olingan sir tutiluvchi shaxsiy ma’lumotlardan foydalanishni cheklash so‘rovlarining jami soni |
205 | |
To‘liq yoki qisman bajarilgan sir tutiluvchi shaxsiy ma’lumotlardan foydalanishni cheklash so‘rovlarining jami soni |
205 | |
Rad qilingan sir tutiluvchi shaxsiy ma’lumotlardan foydalanishni cheklash so‘rovlarining jami soni |
0 | |
Eslatma: K-C rad qilish so‘rovlariga jiddiy javob bergan kunlarning o‘rtacha soni 10 ish kuni bo‘ldi. |
||
Tuzatish huquqi / to‘g‘rilash so‘rovlari | 2024-yil yan.-dek. | |
Olingan to‘g‘rilash so‘rovlarining umumiy soni |
01 | |
To‘liq yoki qisman bajarilgan to‘g‘rilash so‘rovlarining jami soni |
0 | |
Rad etilgan to‘g‘rilash so‘rovlarining umumiy soni |
01 | |
Eslatma: K-C bilish so‘rovlariga asosli javob berish uchun o‘rtacha 6 hafta vaqt sarfladi. |
Moliyaviy rag‘batlantirishlar. Onlayn hisob yaratish yoki biz yoki hamkorlarimiz boshqaradigan sodiqlik dasturlari yoki kuponga asoslangan tashabbuslar kabi moliyaviy rag‘batlantirish dasturida ishtirok etish sizga bizdan maxsus takliflar va imtiyozlarni olish huquqini berishi mumkin. Bunday dasturlarni boshqarish uchun sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni sotishimiz, to‘plashimiz, oshkor qilishimiz yoki saqlashimiz kerak bo‘lishi mumkin. Huggies® Rewards+ kabi sodiqlik dasturlarimiz uchun a’zolar ro‘yxatdan oʻtish, mahsulotlarimizni xarid qilish va soʻrovlar oʻtkazish, Facebook va Twitter’da postlar almashish va doʻstlarini sodiqlik va chegirma dasturlarimiz bilan bogʻlash kabi ma’lum tadbirlarda ishtirok etish uchun kuponlar yoki mukofot ballarini olishi mumkin. Ushbu ballardan totalizator va o‘yinlarda qatnashish, xayriya ishlariga pul o ‘tkazish va mukofotlarni olish uchun foydalanish mumkin. Biz maʼlumotlaringiz qiymatini investitsiya daromadi yoki moliyaviy imtiyozlarni boshqarish va shaxsiy maʼlumotlaringizni sotish, toʻplash yoki saqlash natijasida hosil qilingan qoʻshimcha marja asosida hisoblaymiz. Istalgan vaqtda www.privacy.kimclark.com manziliga so‘rov kiritish, 1-888-525-8373 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish yoki [email protected] elektron pochta manziliga elektron xat yuborish orqali onlayn hisobingiz amal qilishini tugatishingiz mumkin (bu sizni moliyaviy rag‘batlantirish dasturida qatnashishni rad etishingizga sabab bo‘ladi).
Qo‘shimcha ma’lumotlar. Agar siz CCPA bo‘yicha huquqlaringizdan birortasini amalga oshirishni tanlasangiz, bizdan kamsituvchi munosabatda bo‘lmaslik huquqiga egasiz.
Ma’lumotlarni saqab turish. Biz biznes ehtiyojlariga, maxfiylik manfaatlariga va qonunga qarab yozuvlar va shaxsiy ma’lumotlarni ko‘rsatilgan muddatlar davomida saqlaymiz. Umumiy masala sifatida, biz shaxsiy maʼlumotlarni faqat biznes, yuridik yoki soliq maqsadlariga erishish uchun zarur yoki foydali boʻlgan vaqt davomida saqlaymiz. Ushbu muddatdan so‘ng ma’lumotlar o‘chiriladi yoki to‘liq anonimlashtiriladi:
- roziligingiz asosida qayta ishlanmagan, lekin siz bilan bog‘liq bo‘lgan shartnomaviy majburiyatlarimizni bajarish uchun to‘plangan ma’lumotlar bizda siz bilan munosabatlar mavjud bo‘lgan vaqt davomida hamda ushbu munosabatlar tugaganidan keyin 10 yildan ortiq bo‘lmagan muddat davomida saqlanadi, huquqlarimizni kuchga kiritish yoki himoya qilish yoki qonunga rioya qilish uchun ma’lumotlarni saqlash zarur bo‘lgan hollar bundan mustasno va
- roziligingiz bo‘yicha marketing maqsadlarida to‘plangan ma’lumotlar biz bilan munosabatlaringiz tugaganidan keyin yoki roziligingizni qaytarib olmaguningizcha, ko‘pi bilan 5 yil davomida saqlanadi (garchi ko‘p hollarda biz bu ma’lumotlarni qonun talabiga ko‘ra qisqaroq muddatga saqlasak ham).
Tartib-qoidalarimizning ushbu qismi faqat Virjiniya shtati rezidentlari uchun amal qiladi. Tartib-qoidalarimizning ushbu qismida Montana shtati aholisiga “Montana shtati iste’molchilarining shaxsiy ma’lumotlari daxlsizligi to‘g‘risida”gi qonunda (MTDCPA) nazarda tutilgan huquqlar va Montana shtati aholisi ushbu huquqlardan qanday foydalanishi mumkinligi haqida maslahat beriladi. [email protected] elektron pochta manzilimizga xat yuborish, 1-888-525-8373 telefon raqamimizga qo‘ng‘iroq qilish yoki mana bu yerdagi portalimiz orqali ushbu bo‘limdagi istalgan huquqdan foydalanishingiz mumkin. Shuningdek, Contact Us (“Biz bilan aloqa”) yoki Manage My Privacy (“Maxfiyligimni boshqarish”) havolalari orqali so‘rov yuborishingiz mumkin. Agar biz ushbu bo‘limda tavsiflangan huquqlardan biridan foydalanishingiz bo‘yicha chora ko‘rishdan bosh tortsak, [email protected] elektron pochta manzili orqali buni rad etganimiz yuzasidan shikoyat qilishingiz mumkin.
- Tasdiqlash va kirish huquqlari. Shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlayotganimizni tasdiqlatish huquqiga egasiz va siz bunday shaxsiy ma’lumotlarga kirish huquqiga egasiz;
- Tuzatish kiritish huquqi. Shaxsiy ma’lumotlarning tabiati va qayta ishlash maqsadimizdan kelib chiqqan holda, shaxsiy ma’lumotlaringizdagi noaniqliklarni tuzatish huquqiga egasiz;
- O‘chirish huquqi.Siz taqdim etgan yoki siz haqingizda olingan shaxsiy ma’lumotlarni o‘chirish huquqiga egasiz;
- Rad etish huquqi.Siz quyidagilarni qilishimizni rad etish huquqiga egasiz: 1) maqsadli reklama uchun qayta ishlash (masalan, saytlarimiz pastki qismidagi “Do Not Sell or Share My Personal Information” (“Mening shaxsiy ma’lumotlarimni sotma yoki baham ko‘rma”) havolasini bosish orqali), 2) shaxsiy ma’lumotlaringizni sotish (masalan, saytlarimiz pastki qismidagi “Mening shaxsiy ma’lumotlarimni sotma yoki baham ko‘rma” havolasini bosish orqali) yoki 3) sizga tegishli qonuniy yoki boshqa muhim oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan profil yaratish. Shuni yodda tutingki, K-C shaxsiy ma’lumotlarni roziligingizsiz pul evaziga sotmaydi, lekin siz ushbu tartib-qoidalarda tavsiflangan amaliyotlar orqali maqsadli reklama va boshqa ba’zi onlayn kuzatuvlarni rad qilishingiz mumkin.
- Kamsitilmaslik huquqi. Montana shtati qonuni “nazoratchilarga” o‘z huquqlaridan foydalanayotgan iste’molchilarni kamsitishni taqiqlaydi. Kamsitish ushbu huquqlarga oid har qanday adolatsiz munosabatga tegishli
Nevada shtati rezidenti sifatida siz ba’zi kompaniyalardan “Nevada shtatining maxfiylik to‘g‘risida”gi SB260-qonuni bo‘yicha pul evaziga shaxsiy ma’lumotlaringizni sotmasliklarini so‘rash huquqiga egasiz. Ushbu tartib-qoidaga muvofiq, biz roziligingizsiz bunday savdo bilan shug‘ullanmaymiz.
Tartib-qoidalarimizning ushbu qismi faqat Oregon shtati rezidentlari uchun amal qiladi. Tartib-qoidalarimizning ushbu qismida Oregon shtati aholisiga “Opegon shtati iste’molchilarining daxlsizligi to‘g‘risida”gi qonunda (OCPA) nazarda tutilgan huquqlar va Oregon shtati aholisi ushbu huquqlardan qanday foydalanishi mumkinligi haqida maslahat beriladi. [email protected] elektron pochta manzilimizga xat yuborish, 1-888-525-8373 telefon raqamimizga qo‘ng‘iroq qilish yoki mana bu yerdagi portalimiz orqali ushbu bo‘limdagi istalgan huquqdan foydalanishingiz mumkin. Shuningdek, Contact Us (“Biz bilan aloqa”) yoki Manage My Privacy (“Maxfiyligimni boshqarish”) havolalari orqali so‘rov yuborishingiz mumkin. Agar biz ushbu bo‘limda tavsiflangan huquqlardan biridan foydalanishingiz bo‘yicha chora ko‘rishdan bosh tortsak, [email protected] elektron pochta manzili orqali buni rad etishimiz bo‘yicha shikoyat qilishingiz mumkin.
- Tasdiqlash va kirish huquqi. Shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlayotganimizni tasdiqlatish huquqiga egasiz va siz bunday shaxsiy ma’lumotlarga kirish huquqiga egasiz;
- Tuzatish kiritish huquqi. Shaxsiy ma’lumotlarning tabiati va qayta ishlash maqsadimizdan kelib chiqqan holda, shaxsiy ma’lumotlaringizdagi noaniqliklarni tuzatish huquqiga egasiz;
- O‘chirish huquqi. Siz taqdim etgan yoki siz haqingizda olingan shaxsiy ma’lumotlarni o‘chirish huquqiga egasiz;
- Rad qilish huquqi. Siz quyidagilarni qilishimizni rad etish huquqiga egasiz: 1) maqsadli reklama uchun qayta ishlash (masalan, saytlarimiz pastki qismidagi “Do Not Sell or Share My Personal Information” (“Mening shaxsiy ma’lumotlarimni sotma yoki baham ko‘rma”) havolasini bosish orqali), 2) shaxsiy ma’lumotlaringizni sotish (masalan, saytlarimiz pastki qismidagi “Mening shaxsiy ma’lumotlarimni sotma yoki baham ko‘rma” havolasini bosish orqali) yoki 3) sizga tegishli qonuniy yoki boshqa muhim oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan profil yaratish. K-C shaxsiy ma’lumotlarni roziligingizsiz pul evaziga sotmasligini, lekin siz ushbu tartib-qoidalarda tavsiflangan amaliyotlar orqali maqsadli reklama va boshqa ba’zi onlayn kuzatuvlarni rad qilishingiz mumkinligini yodda tuting.
- Nazorat qiluvchi shaxsiy ma’lumotlarni oshkor qilgan “ko‘rsatilgan uchinchi shaxslar” ro‘yxatini olish huquqi. Bizdan uchinchi tomonlarga shaxsiy ma’lumotlarni oshkor qilish tafsilotlarini taqdim etishni so‘rashingiz mumkin. Javobimiz (i) shaxsiy ma’lumotlaringiz oshkor qilingan uchinchi tomonlar ro‘yxatini yoki (ii) har qanday iste’molchining shaxsiy ma’lumotlari oshkor qilingan uchinchi tomonlar ro‘yxatini o‘z ichiga olishi mumkin.
- Maxfiy shaxsiy ma’lumotlar to‘planishidan oldin ularni olishimizga rozilik berish huquqi. Quyidagi ma’lumotlarni to‘plashimizdan oldin rozilik berish huquqingiz bor: irqiy, etnik va milliy kelib chiqish; diniy e’tiqod; ruhiy yoki jismoniy salomatlik holati, tashxis, kasallik tarixi va/yoki davolanish; jinsiy moyillik va transgender yoki binar bo‘lmagan maqom; fuqarolik yoki immigratsiya holati; genetik yoki biometrik ma’lumotlar; ma’lum bolaning shaxsiy ma’lumotlari; aniq geografik joylashuv; yoki jinoyat qurboni ekanligi holati.
Tartib-qoidalarimizning ushbu qismi faqat Texas shtati rezidentlari uchun amal qiladi. Tartib-qoidalarimizning ushbu qismida Texas shtati aholisiga “Texas shtati iste’molchilarning shaxsiy ma’lumotlari daxlsizligi va xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonunda (TDPSA) nazarda tutilgan huquqlar va Texas shtati aholisi ushbu huquqlardan qanday foydalanishi mumkinligi haqida maslahat beriladi. [email protected] elektron pochta manzilimizga xat yuborish, 1-888-525-8373 telefon raqamimizga qo‘ng‘iroq qilish yoki mana bu yerdagi portalimiz orqali ushbu bo‘limdagi istalgan huquqdan foydalanishingiz mumkin. Shuningdek, Contact Us (“Biz bilan aloqa”) yoki Manage My Privacy (“Maxfiyligimni boshqarish”) havolalari orqali so‘rov yuborishingiz mumkin. Agar biz ushbu bo‘limda tavsiflangan huquqlardan biridan foydalanishingiz bo‘yicha chora ko‘rishdan bosh tortsak, [email protected] elektron pochta manzili orqali buni elektron pochta manzili orqali buni rad etganimiz yuzasidan shikoyat qilishingiz mumkin.
- Tasdiqlash va kirish huquqi. Siz shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlayotganimizni tasdiqlatish va bunday shaxsiy ma’lumotlarga kirish huquqiga egasiz;
- Tuzatish kiritish huquqi. Shaxsiy ma’lumotlarning tabiati va qayta ishlash maqsadimizdan kelib chiqqan holda, shaxsiy ma’lumotlaringizdagi noaniqliklarni tuzatish huquqiga egasiz;
- O‘chirish huquqi. Siz taqdim etgan yoki siz haqingizda olingan shaxsiy ma’lumotlarni o‘chirish huquqiga egasiz;
- Rad qilish huquqi. Siz quyidagilarni qilishimizni rad etish huquqiga egasiz: 1) maqsadli reklama uchun qayta ishlash (masalan, saytlarimiz pastki qismidagi “Do Not Sell or Share My Personal Information” (“Mening shaxsiy ma’lumotlarimni sotma yoki baham ko‘rma”) havolasini bosish orqali), 2) shaxsiy ma’lumotlaringizni sotish (masalan, saytlarimiz pastki qismidagi “Mening shaxsiy ma’lumotlarimni sotma yoki baham ko‘rma” havolasini bosish orqali) yoki 3) sizga tegishli qonuniy yoki boshqa muhim oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan profil yaratish. K-C shaxsiy ma’lumotlarni roziligingizsiz pul evaziga sotmasligini, lekin siz ushbu tartib-qoidalarda tavsiflangan amaliyotlar orqali maqsadli reklama va boshqa ba’zi onlayn kuzatuvlarni rad qilishingiz mumkinligini yodda tuting.
Tartib-qoidalarimizning ushbu qismi faqat Virjiniya shtati rezidentlari uchun amal qiladi. Tartib-qoidalarimizning ushbu qismida Virjiniya shtati aholisiga “Virjiniya shtati ma’lumotlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunda (“VCDPA”) nazarda tutilgan huquqlar va Virjiniya shtati aholisi ushbu huquqlardan qanday foydalanishi mumkinligi haqida maslahat beriladi. Siz bizga [email protected] elektron pochta manziliga xat yuborish, 1-888-525-8373 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish yoki bu yerda mavjud bo‘lgan portalimiz orqali ushbu bo‘limdagi istalgan huquqdan foydalanishingiz mumki. Agar biz ushbu bo‘limda tavsiflangan huquqlardan biridan foydalanishingiz bo‘yicha chora ko‘rishdan bosh tortsak, [email protected] elektron pochta manzili orqali buni qilishni rad etganimiz yuzasidan shikoyat qilishingiz mumkin.
- Tasdiqlash va kirish huquqi. Shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlayotganimizni tasdiqlatish huquqiga egasiz va siz bunday shaxsiy ma’lumotlarga kirish huquqiga egasiz;
- Tuzatish kiritish huquqi. Shaxsiy ma’lumotlarning tabiati va qayta ishlash maqsadimizdan kelib chiqqan holda, shaxsiy ma’lumotlaringizdagi noaniqliklarni tuzatish huquqiga egasiz;
- O‘chirish huquqi. Siz taqdim etgan yoki siz haqingizda olingan shaxsiy ma’lumotlarni o‘chirish huquqiga egasiz;
- Nusxasini olish huquqi. Siz bizga taqdim etgan shaxsiy ma’lumotlaringizning nusxasini ko‘chma formatda va ma’lumotlarni qayta ishlash avtomatlashtirilgan vositalar yordamida amalga oshiriladigan boshqa ma’lumotlar boshqaruvchisiga uzatish imkonini beruvchi texnik jihatdan mumkin bo‘lgan darajada qulay foydalanish formatida olish huquqiga egasiz va/yoki
- Rad qilish huquqi. Siz quyidagilarni qilishimizni rad qilish huquqiga egasiz: 1) maqsadli reklama uchun qayta ishlash (masalan, saytlarimiz pastki qismidagi “Mening shaxsiy ma’lumotlarimni sotma yoki baham ko‘rma” havolasini bosish orqali), 2) shaxsiy ma‘lumotlaringizni sotish (masalan, saytlarimiz pastki qismidagi “Mening shaxsiy ma’lumotlarimni sotma yoki baham ko‘rma” havolasini bosish orqali) yoki 3) siz uchun qonuniy yoki boshqa muhim oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan profil yaratish (masalan, Biz bilan bog‘lanish yoki Maxfiyligimni boshqarish bo‘limiga o‘tish orqali). Shuni yodda tutingki, K-C shaxsiy ma’lumotlarni roziligingizsiz pul evaziga sotmaydi, lekin siz ushbu tartib-qoidalarda tavsiflangan amaliyotlar orqali maqsadli reklama va boshqa ba’zi onlayn kuzatuvlarni rad qilishingiz mumkin.
Tartib-qoidalarimizning ushbu qismi faqat Texas shtati rezidentlari uchun amal qiladi.
Vashington shtati rezidenti sifatida Vashington shtatining “Mening salomatligim, mening ma’lumotlarim to‘g‘risida”gi (MHMD) qonuni sizga quyida tavsiflanganidek, salomatligingiz haqidagi ma’lumotlarga nisbatan muayyan tanlovlarni taqdim etadi. Qonun faqat sizning avvalgi, hozirgi yoki kelajakdagi salomatligingiz haqidagi “iste’molchi salomatligi haqidagi ma’lumotlaringiz”ga nisbatan qo‘llanadi.
Biz to‘playdigan iste’molchilarning salomatligi haqidagi ma’lumotlar
Biz ma’lumotlarni turli manbalardan to‘playmiz. Iste’molchilarning salomatligi haqidagi ma’lumotlar juda keng qamrovli bo‘lgani bois biz to‘playdigan ma’lumotlarning ko‘plab toifalari iste’molchilarning salomatligi haqidagi ma’lumotlar deb ham hisoblanishi mumkin. Iste’molchilarning salomatligi haqidagi biz to‘playdigan ma’lumotlarga misollar:
- Salomatligingizga aloqador holatlar, alomatlar, holat, tashxislar, test yoki muolajalar haqidagi ma’lumotlar. Deylik, mahsulotlarimizdan (masalan, homiladorlik, allergiya, hayz ko‘rish yoki siydikni tuta olmaslik bilan bog‘liq tarzda) foydalanishingiz salomatligingiz holati haqida ma’lumot berishi mumkin. Biz yana veb-saytimizda allergiyasi borlar uchun viktorinalar, davriy kalkulyatorlar va shunga o‘xshash takliflar orqali muloqot qilganingizda, salomatligingiz haqidagi ma’lumotlarni olamiz. Mana shu so‘rovnomalar va kalkulyatorlar salomatligingiz holati haqida qo‘shimcha ma’lumot beradi.
- Veb-saytlarimizdan foydalanishingiz natijasida yuzaga keladigan xulq-atvor biometriyasi. To‘plangan ma’lumotlarga kirilgan sahifalar, bajarilgan amallar (tugmalarni bosish, sotib olingan mahsulotlar, yuklab olingan fayllar, buyurtma qilingan namunalar, bajarilgan qidiruvlar va boshqa harakatlar) hamda klaviatura tugmalarining bosilishi kirishi mumkin.
- Sog‘liqni saqlash xizmatlari yoki ma’lumotlarini qidirishga bo‘lgan moyilligingizni aniqlay oladigan ma’lumotlar, masalan, allergiyani davolash uchun murojaat qilish ehtimoli.
- Yuqoridagi ma’lumotlardan kelib chiqadigan xulosalar.
Iste’molchilar salomatligiga oid ma’lumot manbalari
Biz shaxsiy ma’lumotlarni uchta asosiy manbadan (bunga iste’molchilar salomatligiga oid ma’lumotlar ham kirishi mumkin) to‘playmiz:
- Mahsulotlarni xarid qilganingizda, yangiliklar tarqatmasiga obuna bo‘lganingizda, so‘rovnomalarni (masalan, hayz davri kalkulyatori yoki allergiya testini) to‘ldirganingizda, aksiyalarda qatnashganingizda yoki veb-saytimizda shaxsiy akkaunt ochganingizda, ushbu ma’lumotlarni bizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqdim etasiz.
- Veb-saytimizni ko‘zdan kechirayotganingizda yoki biz bilan onlayn aloqaga chiqqaningizda, bu ma’lumotlarning bir qismini avtomatik ravishda to‘playmiz.
- Biz boshqa manbarlar va hamkorlardan oladigan (masalan, tajribangizni yoki bozoringizni qiziqishlaringizga moslashtirish uchun siz haqingizdagi shaxsiy ma’lumotlarni uchinchi tomondan sotib olganimizda).
Nega biz iste’molchilarning salomatligi haqidagi ma’lumotlarni to‘plashimiz haqida
Biz talab qilingan mahsulotlar va/yoki xizmatlarni sizga taqdim etish hamda qiziqishlaringiz asosida marketing qilish uchun iste’molchilarning salomatligi haqidagi ma’lumotlarini zarur hollarda olamiz va ulardan foydalanamiz. So‘ralgan mahsulotlarni sizga berish va xizmat ko‘rsatish mahsulot yetkazib berish, qaysi mahsulotlar sizga mos kelishi va/yoki ayrim mahsulot funksiyalarini moslashtirish kabilarni o‘z ichiga olishi mumkin. Shuningdek, biz iste’molchilar salomatligi haqidagi ma’lumotlardan mahsulotlarimiz sifatini oshirish va boshqa muhim biznes amaliyotlari, masalan, ish unumdorligimizni tahlil qilish, qonuniy majburiyatlarni bajarish hamda tadqiqot amalga oshirish va rivojlanish maqsadida foydalanamiz.
Biz iste’molchilarning salomatligi haqidagi ma’lumotlardan o‘z mahsulot va xizmatlarimizni sotish yoki reklama qilish uchun ham foydalanishimiz mumkin. Biz yana sizni qiziqtirishi mumkin bo‘lgan boshqa mahsulotlarni reklama qilish uchun xaridlaringiz tarixi yoki uchinchi tomonlardan olingan ma’lumotlardan foydalanishimiz mumkin.
Qonun talabi bo‘yicha, biz marketing va reklama uchun sizga imkoniyatlar beramiz va/yoki roziligingizni olamiz. Batafsil ma’lumot olish uchun quyidagi “Huquqlaringizni qanday amalga oshirish” bo‘limi hamda Global maxfiylik siyosatining “Huquqingiz va tanlovlaringiz” bo‘limiga qarang. Ularda sizda nazorat va tanlov imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berilgan.
Iste’molchilarning salomatligi haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilish holatlari
Yuqorida tavsiflangan iste’molchilar salomatligi haqidagi ma’lumotlarining har bir toifasini roziligingiz bilan yoki mahsulot va xizmatlarimizni taqdim etish uchun zarur bo‘lgan hollarda boshqalar bilan baham ko‘rishimiz mumkin.
Biz yana ma’lumotlaringizni siz so‘ragan mahsulot va xizmatlarni taqdim etishda, mahsulotlarimiz sifatini oshirishda hamda mahsulot va xizmatlarimizni sizga marketing qilish va reklama berishda yordam qiluvchi, biz nomidan faoliyat yuritadigan xizmat ko‘rsatuvchi provayderlarga ham ulashishimiz mumkin.
Biz iste’molchilar salomatligi haqidagi ma’lumotlarni ulashadigan protsessorlar va boshqa uchinchi tomonlar
Yuqorida bayon etilgan maqsadlar uchun zarur bo‘lgan hollarda, iste’molchilarning salomatligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarini quyidagi toifadagi uchinchi shaxslarga taqdim etishimiz mumkin. Har bir toifa bo‘yicha batafsil ma’lumotni yuqoridagi Global maxfiylik siyosatining “Ma’lumotlarni kimga ulashamiz” bo‘limida olishingiz mumkin:
- Xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar.
- Boshqa uchinchi tomonlar va hamkorlar. Iste’molchilarning salomatligi to‘g‘risidagi ma’lumotlaringiz yuqoridagi “Iste’molchilarning salomatligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni nima uchun olamiz va foydalanamiz” bo‘limida keltirilganidek, bizning nomimizdan qayta ishlovchi hamkorlar, reklama beruvchilar, reklama tarmoqlari, reklama serverlari, ijtimoiy tarmoqlar, tahlil kompaniyalari va hokazo kompaniyalarga ulashilishi mumkin.
- Korporativ birlashish singari biznes kelishuvining tomonlari.
- Davlat idoralari va huquqni muhofaza qilish organlari.
- Boshqa uchinchi tomonlar. Ayrim hollarda, qonun talablariga amal qilish yoki o‘zimiz yoxud mijozlarimizning huquqini himoya qilish maqsadida ma’lumotlarni boshqa uchinchi tomonlarga berishga majbur bo‘lishimiz mumkin.
Huquqlaringiz qanday amalga oshirilishi haqida ma’lumot
Vashington shtatining MHMD’ga oid qonuni iste’molchilarning salomatligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarga nisbatan muayyan huquqlarni ta’minlab beradi. Ushbu huquqlarga iste’molchilarning salomatligi to‘g‘risidagi ma’lumotlaringizga kirish huquqingiz va salomatligingiz haqidagi ma’lumotlarni oluvchi barcha uchinchi tomonlar hamda hamkorlar ro‘yxatini, jumladan, ularning kontakt ma’lumotlarini olish huquqingiz kiradi. Sizning yana iste’molchilarning salomatligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarimizni o‘chirishni talab qilish huquqingiz bor. Siz ma’lumotlaringizni to‘plash va ulashishga oid roziligingizni qaytarib olishingiz mumkinm biroq ba’zi istisnolar ham mavjud.
Siz Global maxfiylik siyosatining “Biz bilan bog‘lanish” bo‘limida ko‘rsatilgan ma’lumotlardan foydalanib, bunday huquqlarni ta’minlab berishni so‘rashingiz mumkin.
Agar MHMD’ga oid qonun bo‘yicha huquqingizni amalga oshirish to‘g‘risidagi so‘rovingiz rad etilsa, Global maxfiylik bo‘yicha xodimimizga murojaat qilish orqali ushbu qaror ustidan shikoyat qilishingiz mumkin. Agar murojaatingiz rad etilsa, www.atg.wa.gov/file-complaint veb-sayti orqali Vashington shtati bosh prokuroriga shikoyat yoki e’tiroz bildirish huquqiga egasiz.
Agar Kvebek viloyatida istiqomat qilsangiz, siz haqingizda biz olgan shaxsiy ma’lumotlarga kirish yoki ularni tuzatish so‘rovini yuborishingiz hamda qonun bilan belgilangan boshqa muayyan shaxsiy ma’lumotlar maxfiyligi huquqlaridan foydalanishingiz mumkin. Bizga [email protected] elektron pochta manziliga xat yuborish, 1-888-525-8373 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish yoki portalimiz orqali mavjud istalgan huquqdan mana bu yerda foydalanishingiz mumkin.
Shaxsiy ma’lumotlar daxlsizligi uchun mas’ul xodimimiz bilan quyidagi elektron pochta manzili orqali bog‘lanishingiz mumkin: [email protected].
Agar siz Argentinada istiqomat qilsangiz, shaxsiy ma‘lumotlaringizga kirish va ularni tuzatish hamda shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashimizga e’tiroz bildirish huquqiga egasiz.
Biror xavotir mavjud bo‘lgan hollarda, quyidagi manzil orqali biz bilan bog‘lanishingiz mumkin:
Kimberly-Clark Argentina, S. A.
Olga Cossettini 1031 (CP 1103) Buenos Aires,
Argentina
Telefon: 54-11-4321-5700 / 0800-333-1206
Faks: 54-11-4394-1160
E-pochta: [email protected]
Shuningdek, siz Ommaviy axborotdan foydalanish agentligiga shikoyat qilish huquqiga ham egasiz.
Agar siz Avstraliyada yashasangiz, tartib-qoidalarimizning mana bu qismi sizga qo‘llanadi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri marketing. Biz shaxsiy ma’lumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri marketing maqsadlarida foydalanmaymiz yoki oshkor etmaymiz, toki: (a) siz to‘g‘ridan-to‘g‘ri marketing materiallarini olishga rozilik bermagan bo‘lsangiz ; (b) shaxsiy ma’lumotlaringizdan shu maqsadda foydalanishimizga oqilona tarzda ishonmagan bo‘lsangiz yoki (c) biz sizni materialga qiziqtirishi mumkin deb hisoblasak, lekin roziligingizni olishning imkoni bo‘lmasa.
Har qanday holatda, biz to‘g‘ridan-to‘g‘ri marketingga oid materialimiz sizga boshqa bunday xabarlarni olmaslikni tanlash imkoniyatini o‘z ichiga olishini ta’minlaymiz
Shuni yodda tutingki, siz bundan buyon to‘g‘ridan-to‘g‘ri marketingga oid xabarlarini olmaslikni so‘ragan bo‘lsangiz ham, biz sizga tovarlar yoki xizmatlarni yetkazib berish talab va shartlariga kiritilgan o‘zgarishlar, so‘rovnomalar va boshqa faktik ma’lumotlarni taqdim etishda davom etishimiz mumkin. Ushbu muloqot formasiga Avstraliyaning “Maxfiylik to‘g‘risida‘gi qonuniga muvofiq, “to‘g‘ridan-to‘g‘ri marketing” sifatida qaralmaydi.
Chet elda oshkor qilish. Shaxsiy ma’lumotlar Avstraliyaning “Maxfiylik to‘g‘risida”gi qonunida ruxsat etilganidek, Avstraliyadan tashqariga tegishli korporativ tashkilotlarimizga yuborilishi mumkin. Shaxsiy ma’lumotlaringizni chet elda qabul qiluvchilar shaxsiy ma’lumotlaringiz bilan bog‘liq maxfiylikka oid majburiyatlarimizni buzmasligini ta’minlash uchun oqilona choralar ko‘ramiz. Biroq shuni yodda tutishingiz kerakki, boshqa yurisdiksiyalar shaxsiy ma’lumotlaringiz uchun Avstraliyadagi kabi qonuniy himoya darajasini taklif qilmasligi mumkin. Shaxsiy ma’lumotlaringizni bizga taqdim etish orqali shaxsiy ma’lumotlaringizni ushbu yuridik shaxslarga oshkor qilishimizga rozilik bildirasiz.
Kirish va tuzatish kiritish. Siz bizdan o‘zingiz haqingizda to‘plangan shaxsiy ma’lumotlarga kirishni so‘rashingiz yoki agar siz haqingizda mavjud bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlarni noto‘g‘ri, eskirgan, to‘liq bo‘lmagan, ahamiyatsiz yoki chalg‘ituvchi, deb hisoblasangiz, biz siz haqingizda to‘plagan shaxsiy ma’lumotlarni tuzatishni talab qilishingiz mumkin.
Shaxsiy ma’lumotlaringizga kirish yoki ularni tuzatishni so‘rash uchun quyidagi manzil orqali biz bilan bog‘laning:
Kimberly-Clark Australia Pty. Ltd.
P. O. Box 343
Milsons Point,
NSW
1565
Avstraliya
Telefon: 1800 028 334
Faks: 61-2-9957-5687
Veb-sayt: www.kimberly-clark.com.au/
Biz oqilona so‘rovlarga imkon qadar tezroq va har qanday holatda ham qonunda belgilangan muddatlarda javob beramiz.
Shikoyatlar. Maxfiylik bilan bog‘liq har qanday muammoni qanday hal qilganimiz, jumladan, shaxsiy ma’lumotlaringizga kirish yoki tuzatish haqidagi so‘rovlaringiz haqida shikoyatingiz bo‘lsa, tartib-qoidalarimizning ushbu qismida yuqoridagi aloqa ma’lumotlari orqali bizga xabar berishingiz kerak. Maxfiylik masalasini hal qilish usulimiz sizni qoniqtirmasa, mustaqil maslahatchiga murojaat qilishingizni yoki mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan muqobil harakat yo‘nalishlari bo‘yicha yo‘l-yo‘riq olish uchun Avstraliya Axborot komissari idorasiga murojaat qilishingizni tavsiya qilamiz.
Ushbu bo‘lim Bahraynda to‘plangan shaxsiy ma’lumotlarga taalluqli bo‘lib, 2018-yilda qabul qilingan “Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risida”gi 30-qonun va vaqti-vaqti bilan o‘zgartiriladigan tegishli qarorlarga muvofiq keladi.
Agar siz Bahraynda istiqomat qilsangiz, biz siz haqingizda to‘plagan shaxsiy ma’lumotlarga kirish yoki ularga tuzatish kiritishni talab qilishingiz mumkin. Shaxsiy ma’lumotlaringizga kirish yoki ularga tuzatish kiritish uchun biz bilan bog‘laning:
Olayan Kimberly-Clark (Bahrayn) W.L.L.
P. O. Box 33124
Building No. 1051, Street No. 5135, Block 951,
Askar, Al-Mazraa Industrial Park
Kingdom of Bahrain
Telefon: +973 1783 0688
80080427 (HR to‘lovsiz telefon raqami)
Faks: 973 17 830 175
[email protected]
Agar siz Braziliyada istiqomat qilsangiz, tartib-qoidalarimizning shu qismi sizga nizbatan qo‘llanadi.
- Qayta ishlash uchun huquqiy asos. Biz shaxsiy ma’lumotlarni 13,709/2018-qonunga (Braziliyaning Umumiy ma’lumotlarni himoya qilish reglamenti – “LGPD”) ko‘ra qayta ishlash, jumladan, nazoratchi yoki uchinchi tomonlarning qonuniy manfaatlari; ma’lumotlar nazoratchisining qonuniy yoki me’yoriy majburiyatlarga rioya qilishi; shartnomani bajarish; sud, ma’muriy yoki arbitraj muhokamalarida huquqlarni muntazam ravishda amalga oshirish uchun ushbu tartib-qoidalarda tavsiflangan huquqiy asoslarga tayanamiz.
- Huquqlaringiz qanday amalga oshirilishi haqida ma’lumot. Agar siz Braziliyada istiqomat qilsangiz, biz siz haqingizda to‘plagan shaxsiy ma’lumotlarga nisbatan muayyan huquqlarga egasiz. Shaxsiy ma’lumotlaringizga bo‘lgan huquqlaringizni istalgan vaqtda amalga oshirish uchun quyidagi manzil orqali murojaat qiling:
Kimberly-Clark Kenko Industria e Comercio Ltda
Eng. Luís Carlos Berrini, 105 - 8ºandar Vila das Monções - CEP: 04571 900
São Paulo/SP Brasil
Telefon: 55 11 4503 4500 / 0800 709 55 99
Faks: 55 11 4503 4500
Jismoniy shaxs huquqlari portali
Siz quyidagi huquqlarga egasiz:
- Siz bizdan shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlanayotganimizni tasdiqlashni so‘rash va agar shunday bo‘lsa, ushbu shaxsiy ma’lumotlarga kirish, ularga tuzatish kiritish, ularni anonimlashtirish yoki o‘chirish huquqiga egasiz;
- Siz bizga taqdim etgan shaxsiy ma’lumotlarni tuzilmali, ko‘p foydalaniladigan va mashina o‘qiy oladigan formatda olish va ushbu ma’lumotlarni boshqa nazoratchiga uzatish huquqiga egasiz;
- Ushbu tartib-qoidalarda bayon qilinganidek, siz qayta ishlashga roziligingizga asoslangan hollarda, shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlashimizga bergan roziligingizni qaytarib olish huquqiga egasiz;
- Ma’lumotlaringizni qayta ishlashning huquqiy asosi rozilikdan boshqa narsa bo‘lgan hollarda, u qonunga mos kelmasa, qayta ishlashga e’tiroz bildirishingiz mumkin va/yoki
- Siz faqat o‘zingizning manfaatlaringizga ta’sir qiluvchi shaxsiy ma’lumotlarni avtomatlashtirilgan qayta ishlash asosida qabul qilingan qarorlarni, agar ular mavjud bo‘lsa, qayta ko‘rib chiqish huquqiga egasiz.
- Siz bizdan shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlanayotganimizni tasdiqlashni so‘rash va agar shunday bo‘lsa, ushbu shaxsiy ma’lumotlarga kirish, ularga tuzatish kiritish, ularni anonimlashtirish yoki o‘chirish huquqiga egasiz;
- Biz bilan qanday bog‘lanish bhaqida ma’lumot.Agar sizda biror savol, sharh, xavotir bo‘lsa yoki huquqlaringizdan foydalanish kerak bo‘lsa, mana bu yerda bizning Braziliyada ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha xodimimizga murojaat qilishingiz mumkin.
Agar siz Gonkongda istiqomat qilsangiz, biz siz haqingizda to‘plagan shaxsiy ma’lumotlarga kirish yoki ularni tuzatishni so‘rashingiz mumkin. Ushbu huquqlardan foydalanishga kirish uchun quyidagi manzil orqali biz bilan bog‘laning:
Kimberly -Clark (Hong Kong) Ltd
G.P.O. Box 8538, Hong Kong
Telefon:852- 2333-3543
Faks:852- 2362-6309
Biz oqilona so‘rovlarga imkon qadar tezroq va har qanday holatda ham qonunda belgilangan muddatlarda javob beramiz. Tegishli hollarda bizga shaxsiy ma’lumotlaringizni taqdim etmaslikni tanlashingiz mumkin. Biroq shaxsiy ma’lumotlaringizni taqdim qilmaslikka qaror qilsangiz, xizmatlardan foydalana olmasligingiz mumkin.
Kimberly-Clark (China) Co. Ltd. va uning materik Xitoydagi filiallari (Gonkong, Makao va Tayvan bundan mustasno) ushbu boʻlimni turli onlayn va oflayn kanallar orqali toʻplangan shaxsiy maʼlumotlarga nisbatan qoʻllaydi. [Maxfiylik siyosati] dagi ushbu bo‘lim tafsilotlarini o‘qib chiqing
Agar siz Kolumbiyada istiqomat qilsangiz, ma’lumotlarga nisbatan maxfiylik huquqlaringiz quyida keltirilgan:
- Biz qayta ishlayotgan shaxsiy ma’lumotlaringizga kirish, ularni yangilash yoki ularga tuzatish kiritish huquqiga egasiz;
- Ma’lumotlarni qayta ishlash uchun rozilik talab qilingan hollarda, shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlash uchun bizga berilgan roziligingizni isbotlashni talab qilish huquqiga egasiz;
- Siz roziligingizni qaytarib olish yoki shaxsiy ma’lumotlaringizni yashirishimizni so‘rash huquqiga egasiz va/yoki
- Maxfiylikka oid qonunchilikning har qanday buzilishi bo‘yicha Sanoat va savdo nazoratchisiga shikoyat qilish huquqiga egasiz, biroq barcha shikoyatlarni birinchi navbatda bizga yuborishingizni so‘raymiz.
Ushbu huquqlardan foydalanish uchun quyidagi manzil orqali biz bilan bog‘laning:
Colombiana Kimberly Colpapel S.A.
Carrera 19 # 100-45 Piso 7 Edificio We Work Bogota
Kolumbiya
E-pochta: [email protected]
Telefon: 571-600-3300
Mijozlarga xizmat ko‘rsatish raqami: 018000512020 o 4049046 en Bogota
Faks: 571-600-3392
Agar siz Kosta-Rikada istiqomat qilsangiz, biz siz haqingizda to‘plagan shaxsiy ma’lumotlarni o‘chirish, ularga kirish yoki ularni tuzatishni so‘rashingiz va bu ma’lumotlarni qayta ishlashimizga e’tiroz bildirishingiz mumkin. Ushbu huquqlarni amalga oshirish uchun quyidagi manzil orqali biz bilan bog‘laning:
Kimberly-Clark Costa Rica, S.A.
Plaza Tempo
Lobby A
Autopista Prospero Frenandez 10203 San Jose
E-pochta: [email protected]
Mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi telefon raqami: 800-800-2473; Faks: 506-239-0805
Agar siz Ekvadorda istiqomat qilsangiz, shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlash bilan bog‘liq huquqlarga, jumladan, ularga kirish, ularni o‘chirish, tuzatish va yangilash, qayta ishlashga qarshi chiqish, qayta ishlashni bekor qilish, cheklash va oldindan berilgan rozilikni bekor qilish kabi huquqlarga egasiz. Shuningdek, siz shaxsiy ma’lumotlaringizni ko‘chirsa bo‘ladigan formatda so‘rash huquqiga ham egasiz. Huquqlaringizni amalga oshirish uchun quyidagi manzil orqali biz bilan bog‘laning:
Kimberly-Clark Ecuador S.A.
Mapasingue Este
Calle 5ta y Av Las Aguas
Guayaquil, GUAYAS
E-pochta: [email protected]
Mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi telefon raqami: 1800200500
Mobil telefon raqami: +593994987924
Faks: 593-22-820508
Agar qoniqmasangiz, Ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha bo‘limga murojaat qilishingiz mumkin.
Agar siz EEA (xususan, Yevropa Ittifoqining istalgan mamlakati, Lixtenshteyn, Norvegiya yoki Islandiya) rezidenti, Buyuk Britaniya (“BB”) yoki Shvetsariya rezidenti bo‘lsangiz, ushbu bo‘lim sizga tegishli bo‘lib, unda shaxsiy ma’lumotlaringizni saqlash muddatlari, xalqaro ma’lumot uzatish, avtomatlashtirilgan qarorlar qabul qilish va shaxsiy ma’lumotlaringizga nisbatan qanday huquqlardan foydalanishingiz mumkinligi tushuntiriladi.
Saqlab turish muddati. Biz shaxsiy ma’lumotlaringizni ushbu tartib-qoidalarda ko‘rsatilgan shaxsiy ma‘lumotlarni to‘plashdan ko‘zlangan maqsadlarga erishish uchun zarur bo‘lgan muddat davomida saqlaymiz. Shaxsiy ma‘lumotlaringizni qayta ishlashda quyidagi saqlab turish muddatlari qo‘llanadi:
- Shartnoma maqsadlari: saytni taqdim etish paytida va bunday shartnoma tugatilganidan yoki bekor qilinganidan keyin 10 yil davomida saqlanadi, ma’lumotlarni saqlash vakolatli organlarning iltimosiga binoan, javob berish yoki amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq holda qonuniy da’volarni qo‘llash uchun zarur bo‘lgan hollar bundan mustasno va
- Marketing maqsadlari: biz bilan munosabatlaringiz tugaganidan keyingi 24 oy davomida yoki roziligingizni qaytarib olmaguningizcha saqlanadi;
Ma’lumotlarni xalqaro uzatishlar. Agar shaxsiy ma’lumotlar mamlakatlar o‘rtasida uzatilsa, biz bunday shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish uchun Yevropa Komissiyasi tasdiqlagan Standart shartnoma bandlarini kiritish kabi tijorat nuqtai nazaridan oqilona harakatlarni amalga oshiramiz.
Avtomatlashgan qarorlar qabul qilish. Biz roziligingizsiz ushbu tartib-qoidalarga tegishli shaxsiy ma’lumotlarga nisbatan yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan hech qanday avtomatlashtirilgan qarorni qabul qilmaymiz.
Shaxsiy ma’lumotlarga nisbatan huquqlar. Ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi ma’lum qonunlar jismoniy shaxslarga ular haqida tashkilotlar ega bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlarga nisbatan huquqlar beradi. Xususan, siz quyidagi huquqlardan foydalanishingiz mumkin:
- bizdan shaxsiy ma’lumotlarning mavjudligi to‘g‘risida tasdiqlov olish va ularning manbasi haqida xabardor bo‘lish, ular to‘g‘riligini tekshirish va ularni birlashtirish, yangilash yoki o‘zgartirishni talab qilish;
- amaldagi qonunchilikni buzgan holda qayta ishlangan ma’lumotlarni o‘chirish, anonimlashtirish yoki qayta ishlashni cheklashni talab qilish;
- qonuniy asoslarga ko‘ra ma’lumotlarni qayta ishlashga to‘liq yoki qisman e’tiroz bildirish;
- ma’lumotlarni qayta ishlashga roziligingizni qaytarib olish (bunday rozilik zarur bo‘lgan hollarda) va
- Yuqoridagilarga qo‘shimcha ravishda siz shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlashni cheklashni so‘rash huquqiga ega bo‘lasiz, bunda:
- biz ularni to‘g‘rilash yoki to‘g‘riligini tekshirish uchun yetarli choralar ko‘rmagunimizcha, shaxsiy ma‘lumotlar to‘g‘riligiga e’tiroz bildiraverasiz;
- qayta ishlash noqonuniy, lekin siz ma‘lumotlarni o‘chirib tashlashimizni xohlamaysiz;
- endi bizga maʼlumotlaringiz qayta ishlash maqsadlari uchun kerak emas, lekin siz uni qonuniy daʼvolarni belgilash, amalga oshirish yoki himoya qilish uchun talab qilasiz yoki
- bizda qayta ishlashni davom ettirish uchun qonuniy asoslar bor-yo‘qligi tekshirilgunga qadar, qonuniy manfaatlar asosida qayta ishlashga e’tiroz bildirgansiz;
- biz roziligingizga tayanadigan yoki xizmatlarni taqdim etish uchun qayta ishlash zarur bo‘lgan va ma’lumotlarni avtomatik vositalar qayta ishlaydigan hollarda, agar siz ma’lumotlarni o’zingizga yoki boshqa provayderga o‘tkazmoqchi bo‘lsangiz, ma’lumotlarning elektron nusxasini olasiz va/yoki
- tegishli ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha nazorat organiga shikoyat bilan murojaat qilasiz.
- biz ularni to‘g‘rilash yoki to‘g‘riligini tekshirish uchun yetarli choralar ko‘rmagunimizcha, shaxsiy ma‘lumotlar to‘g‘riligiga e’tiroz bildiraverasiz;
Agar siz o‘z huquqlaringizdan foydalanmoqchi bo‘lsangiz, quyida ko‘rsatilgan aloqa ma’lumotlari orqali biz bilan bog‘laning. Shuni yodda tutungki, ma’lumotlarni himoya qilish huquqlaridan foydalanish talablarini har bir holatda Kimberly-Clark baholaydi. Ma’lumotlarni himoya qilishga oid qonunchilikda koʻzda tutilgan imtiyozlar tufayli soʻrovingizni bajarishimiz qonuniy talab qilinmaydigan holatlar boʻlishi mumkin. Yuqorida tavsiflangan huquqlaringizdan foydalanish uchun biz sizdan haq olmaymiz.
Savollaringiz boʻlsa, [email protected] manzili orqali Yevropa Ittifoqining maʼlumotlarni himoya qilish boʻyicha yetakchi xodimiga murojaat qiling. Agar siz hali ham norozi bo‘lsangiz, Ma’lumotlarni himoya qilish organiga shikoyat qilish huquqiga egasiz; biroq barcha shikoyatlar birinchi navbatda biz bilan muhokama qilinishi kerak. EEA’dagi ma’lumotlarni himoya qilish organlari uchun aloqa ma’lumotlari mana bu yerda mavjud; Buyuk Britaniyadagi ma’lumotlarni himoya qilish organining aloqa ma’lumotlari mana bu yerda mavjud; va Shvetsariyaning ma’lumotlarni himoya qilish organi uchun aloqa ma’lumotlari mana bu yerda mavjud.
Agar siz bizda sizga oid mavjud bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlarni ko‘rib chiqish, tuzatish, yangilash, uzatish yoki o‘chirishni xohlasangiz yoki maxfiyligingiz bilan bog‘liq biror savolingiz bo‘lsa, quyidagi manzil orqali biz bilan bog‘laning:
Maxfiylik bo‘yicha xodim
Kimberly-Clark India Pvt. Ltd
Manzil: Phoenix Market City, Art Guild House, A Wing, 3rd Floor, Office No- 9, Kamani, Mumbai Maharashtra, 400070
Telefon: (022) 33220000
E-pochta: [email protected]
Sizga shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday ma’muriy xarajatlarni qoplash uchun sizdan kichik to‘lov olishimiz mumkin.
Siz yana mahsulot va xizmatlarimiz haqida biz sizga yuboradigan marketing xabarlarini olishni rad qilishingiz mumkin. Biroq shuni yodda tutingki, siz shu ishni qilganingizda, bu Kimberly-Clark kompaniyasidan olishni tanlagan, xabarlarni olish xizmatlarni olishning sharti bo‘lgan xizmatlaringizga ta’sir qilishi mumkin.
Agar siz Indoneziyada istiqomat qilsangiz, siz haqingizda to‘plagan shaxsiy ma’lumotlarga kirish, ularni tuzatish va o‘zgartirish, ularga qarshi chiqish va ularni o‘chirishni so‘rashingiz mumkin. Agar shunday qilishni xohlasangiz, quyidagi manzil orqali biz bilan bog‘laning:
PT Softex Indonesia
The Prominence Tower Floor 5th, Jalan Sutera Barat No.15, Alam Sutera Panunggangan Timur,
Pinang, Tangerang, Banten, Indonesia 15143
Telefon: (6221) 3005 5108
Indoneziyada amal qiluvchi qonun va me’yoriy hujjatlarga ko‘ra, quyidagi holatlarda shaxsiy ma’lumotlaringizni oldindan roziligingizni olmasdan qayta ishlash huquqiga ega ekanimizni tushunib oling:
- Siz shartnoma tuzuvchi tomon bo‘lgan holatda shartnomani tuzish yoki bajarish uchun zarur bo‘lganda yoki imzolangan shartnomalarga va amaldagi qonunlarga muvofiq mehnat bilan bog‘liq tartib-qoidalar asosida inson resurslarini boshqarish uchun zarur bo‘lganda;
- Biz uchun qonunda belgilangan mas’uliyat yoki majburiyatlarni bajarish zarur bo‘lgan hollarda;
- Jismoniy shaxsning hayotiy manfaatlarini himoya qilish uchun zarur bo‘lganda;
- Ijtimoiy manfaatlar, davlat xizmatlari kontekstida majburiyatlarimizni bajarish yoki qonun-qoidalarga asosan ma’lumotlar nazoratchisi vakolatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lganda;
- Aholi salomatligiga oid favqulodda vaziyatlarga javob berish zarur bo‘lganda yoki favqulodda vaziyatlarda jismoniy shaxsning hayoti, salomatligi va xavfsizligini himoya qilish uchun kerak bo‘lganda;
- Siz oshkor etgan yoki ochiq manbalardan qonuniy yo‘l bilan olgan shaxsiy ma’lumotlarni biz amaldagi qonunlarga muvofiq va asosli tarzda qayta ishlanganimizda;
- Qonun va qoidalarda talab qilingan boshqa vaziyatlar.
Biz shaxsiy ma’lumotlaringizni bu yerda keltirilgan yoki alohida rozilik shaklida (qo‘llanadigan hollarda) keltirilgan maqsadlarga muvofiq va zarur miqyosda qonuniy tarzda qayta ishlaymiz. Biz shaxsiy ma’lumotlaringizni faqat asosli va zarur darajada olamiz va ulardan foydalanashimizni hamda quyidagi maqsadlarning barchasi sizga taalluqli emasligini esda tuting:
- mahsulotlarimiz, xizmatlarimiz, aloqa usullari va saytimiz funksionalligini ishlab chiqish, taqdim etish va yaxshilash;
- so‘rovlarni qayta ishlash va biz taqdim etayotgan mahsulotlar, takliflar va xizmatlarga oid biznes ehtiyojlarimizni boshqarish; bunga savollaringizga javob berish va kerak bo‘lgan hollarda biz bilan bog‘lanishda shaxsingizni tasdiqlash kiradi;
- sizga moslashtirilgan tajriba, tranzaksiya va marketing kommunikatsiyalari hamda maqsadli reklama, jumladan, maxsus taklif va tavsiyalarni taqdim etish;
- qiziqishlaringizni yaxshiroq tushunish va ichki tadqiqotlar uchun atributlaringiz, xususiyatlaringiz va xulq-atvoringiz haqidagi ma’lumotlarni tahlil qilish orqali profillar yaratish va sizga yoki sizga o‘xshaganlarga mo‘ljallangan reklama/marketing kampaniyalarini tashkil etish, yetkazib berish va o‘lchash;
- shaxsiy ma’lumotlaringiz va manfaatlarimizni himoya qilish va xavfsizligini ta’minlash; bunga noqonuniy faoliyat, firibgarlik va foydalanish shartlari va boshqa xizmat shartlarini buzish holatlarining oldini olish va tekshirish kiradi hamda
- qonun talablariga, jumladan, huquqni muhofaza qilish organlari, davlat organlari yoki hukumat idoralari bilan hamkorlik qilish (lekin biz buni qilganimizda, faqat qonun talab qiladigan minimal darajadagi ma’lumotlarni oshkor qilamiz).
Siz yana shaxsiy ma’lumotlaringizni to‘plash, ulardan foydalanish, ularni oshkor qilish va qayta ishlashni davom ettirishimizga roziligingizni qaytarib olishingiz mumkin. Biroq shunday qilsangiz, biz shaxsiy ma’lumotlarni talab qiladigan maqsadlarni, jumladan, sizga mahsulot va/yoki xizmatlarni taqdim etishni amalga oshira olmasligimiz mumkin.
Agar siz Indoneziya, Malayziya, Filippin yoki Singapurda istiqomat qilsangiz, biz siz haqingizda to‘plagan shaxsiy ma’lumotlarga kirish, ularni o‘zgartirish, ularga qarshi chiqish va ularni o‘chirishni so‘rashingiz mumkin. Agar shunday qilishni xohlasangiz, quyidagi manzil orqali biz bilan bog‘laning:
Indoneziya
P.T. Kimberly-Lever Indonesia
Wisma 77 Tower 2, 16th Floor Suite,
1602 Jl. Letnan Jend.S. Parman Kav.
77 Jakarta
11410
Indoneziya
Telefon: 62-21-30400800
Faks: 62-21-29675850
Malayziya
Kimberly-Clark Trading (M) Sdn. Bhd.
2nd Floor, Tower 2, Wisma AmFirst
Jalan SS7/15, Kelana Jaya, 47301
Petaling Jaya, Selangor, Malaysia
Telefon: +603 7806 8288
Mijozlarga xizmat ko‘rsatish ishonch telefoni: 1800821188
Faks: +603 7492 2577
Kontakt e-pochtasi: [email protected]
(Huggies)
[email protected]
(Kotex, Poise & Kleenex)
Veb-sayt: www.huggies.com.my
Veb-sayt: www.kotex.com.my
Veb-sayt: www.kleenex.com.my
Kleenex® Philippines
Telefon: 884-6402, Dushanba – juma (9:00 – 17:00)
E-pochta: [email protected]
Huggies® Philippines
Telefon: 884-6402, Dushanba – juma (9:00 – 17:00)
E-pochta: [email protected]
Kotex® Philippines
Telefon: 884-6402, Dushanba – juma (9:00 – 17:00)
E-pochta: [email protected]
Tayland
Kimberly-Clark Thailand Limited
32nd-33rd Floor, United Centre
323 Silom Road
Bangrak
Bangkok
10500
Tayland
Telefon: 66-2-230-3000
Faks: +662-230-3039
Jismoniy shaxs huquqlari portali
Singapur
Kimberly-Clark Singapore Pte. Ltd.
83 Clemenceau Avenue
#14-05 UE Square
Singapore 239920
Kleenex® / Scott® Singapore
Telefon: 1800 338 8838
E-pochta: [email protected]
Huggies® Singapore
Telefon: 1800 484 4437
E-pochta: [email protected]
www.huggies.com.sg
Kotex® Singapore
Telefon: 1800 479 9841
E-pochta: [email protected]
www.kotex.com.sg
Poise® Singapore / Depend® Singapore
Telefon: 1800 479 9841
E-pochta: [email protected]
www.poise.com.sg/www.depend.com.sg
Siz yana shaxsiy ma’lumotlaringizni to‘plash, ulardan foydalanish, ularni oshkor qilish va qayta ishlashni davom ettirishimizga roziligingizni qaytarib olishingiz mumkin. Biroq shunday qilsangiz, biz shaxsiy ma’lumotlarni talab qiladigan maqsadlarni, jumladan, sizga mahsulot va/yoki xizmatlarni taqdim etishni amalga oshira olmasligimiz mumkin.
Agar siz Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston yoki Ozarbayjonda yashasangiz, tartib-qoidalarimizning ushbu qismi sizga nisbatan qo‘llanadi.
Mamlakatingizda to‘plangan shaxsiy ma’lumotlar odatda o‘sha yerda saqlanadi. Biroq ba’zi shaxsiy ma’lumotlaringiz mamlakatingiz qonunlariga muvofiq, Amerika Qo‘shma Shtatlari kabi boshqa mamlakat/mintaqaga o‘tkazilishi yoki ulardan boshqa mamlakat/mintaqada foydalanilishi mumkin. Agar biz shunday qilsak, shaxsiy ma’lumotlaringizni mamlakatingiz qonunlariga ko‘ra himoya qilishni davom ettiramiz. Shaxsiy ma’lumotlaringizni bizga taqdim etmaslikni tanlashingiz mumkin. Biroq siz shaxsiy ma‘lumotlaringizni taqdim etmaslikka qaror qilsangiz, xizmatlarning to‘liq ko‘lamidan foydalana olmasligingiz mumkin.
Agar siz ma’lumotingizni taqdim qilsangiz, biz ularni mamlakatingiz qonunlariga muvofiq saqlaymiz va odatda ularni to‘plashdan ko‘zlangan maqsadlarga erishish uchun zarur bo‘lgan muddat davomida, shuningdek, biznes, soliq yoki yuridik maqsadlarda, jumladan, ushbu tartib qoidalarda tavsiflangan qonuniy asoslarga ko‘ra saqlaymiz. Shundan so‘ng biz ularni yo‘q qilamiz yoki to‘liq anonimlashtiramiz.
Ushbu tartib-qoidalarda tavsiflanganidek, ma’lumotlaringizni qanday qayta ishlashimiz haqida ma’lumot so‘rashingiz hamda biz siz haqingizda to‘plangan shaxsiy ma’lumotlaringizga kirish, ularni tuzatish va o‘chirishni so‘rashingiz mumkin. Siz yana shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlashimizga (jumladan, avtomatlashtirilgan qarorlar) roziligingizni qaytarib olish, shikoyat yuborish va hisobingizni oʻchirish huquqiga ham ega boʻlishingiz mumkin. Agar roziligingizdan voz kechsangiz, biz sizga barcha xizmatlarimizni taqdim etishda davom ettira olmasligimiz mumkin.
Agar siz Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston yoki Ozarbayjonda istiqomat qilsangiz, shaxsiy maʼlumotlarga kirish, ularni tuzatish va oʻchirish, shaxsiy maʼlumotlaringizni qayta ishlashimizga eʼtiroz bildirish va roziligingizni qaytarib olish kabi huquqlarga ega boʻlishingiz mumkin. Biz bilan quyidagi manzil orqali bog‘laning:
Qozog‘iston:
"Kimberly-Clark Qozog'iston" MChJ,
Qozog‘iston Respublikasi,
Almaty, Medeu district, 050059, Nursultan Nazarbayev avenue, 240 G.
Ishonch telefoni: 8 800 070 89 10
E-pochta: [email protected],
[email protected]
O‘zbekiston:
"Kimberly-Clark" MChJ
Rossiya,
142800, Moscow region, Stupino, st. Sitenka, 15;
E-pochta: [email protected],
[email protected]
Qirg‘iziston:
“Kimberly-Clark” MChJ
Rossiya,
142800, Moscow region, Stupino, st. Sitenka, 15;
E-pochta: [email protected],
[email protected]
Ozarbayjon:
“Kimberly-Clark” MChJ
Rossiya,
142800, Moscow region, Stupino, st. Sitenka, 15;
E-pochta: [email protected],
[email protected]
Agar siz Keniyada istiqomat qilsangiz, biz siz haqingizda to‘plagan shaxsiy ma‘lumotlarni o‘chirish, ularga kirish yoki ularni tuzatishni so‘rashingiz va bu ma’lumotlarni qayta ishlashimizga e’tiroz bildirishingiz mumkin. Ushbu huquqlardan foydalanish uchun quyidagi manzil orqali biz bilan bog‘laning:
KCSSA East Africa
Cove Court,
Watermark Business Park,
Ndege Road, Karen,
Nairobi
Telefon: +27-11-456-5700
Faks: +27-11-456-5798
Faks: +27-11-456-5799
Mijozlarga xizmat ko‘rsatish xizmatlari: 203 892 283
E-pochta: [email protected]
Agar siz Marokashda istiqomat qilsangiz, saytimizda ro‘yxatdan o‘tish va ma’lum xizmatlarimizdan to‘liq foydalanish uchun sizdan ma’lum ma’lumotlarni bizga taqdim etishingiz talab qilinishi mumkin. Agar siz Marokashda istiqomat qilsangiz, biz siz haqingizda to‘plagan shaxsiy ma‘lumotlarga kirish yoki ularni tuzatishni so‘rashingiz va bu ma’lumotlarni qayta ishlashimizga e’tiroz bildirishingiz mumkin. Ushbu huquqlardan foydalanish uchun ushbu tartib-qoidalarning “Biz bilan bog‘lanish” bo‘limi orqali biz bilan bog‘laning.
Agar siz hali ham norozi bo‘lsangiz, Marokash ma’lumotlarini himoya qilish organiga shikoyat qilish huquqiga egasiz; biroq barcha shikoyatlar birinchi navbatda Kimberly-Clark bilan muhokama qilinishi kerak.
Agar siz Yangi Zelandiyada istiqomat qilsangiz, biz siz haqingizda to‘plagan shaxsiy ma’lumotlarga kirish yoki ularni tuzatishni so‘rashingiz mumkin. Shaxsiy ma’lumotlaringizga kirish yoki ularni tuzatish uchun quyidagi manzil orqali biz bilan bog‘laning:
Kimberly-Clark Australia Pty. Ltd.
P. O. Box 343
Milsons Point,
NSW
1565
Avstraliya
Telefon: 1800 028 334
Telefon: 61-2-9963-8888
Faks: 61-2-9957-5687
Veb-sayt: http://www.kca.com.au/
Ushbu Siyosatga muvofiq, biz sizning shaxsiy maʼlumotlaringizni Axborot Texnologiyalarini Rivojlantirish Milliy Agentligi (“NITDA”) tomonidan muvofiqligi toʻgʻrisida qaror qabul qilmagan uchinchi mamlakatlarga oʻtkazishimiz mumkin, ammo biz bunday mamlakatlarga uzatilgan har qanday maʼlumotni himoya qilish uchun amaldagi ma'lumotlarni himoya qilish qonunchiligiga muvofiq bunday shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish uchun majburiy ichki kelishuvlarga kirish kabi choralarini koʻramiz.
Xususan, siz istalgan vaqtda quyidagi huquqlardan foydalanishingiz mumkin:
- bizdan shaxsiy ma’lumotlarning mavjudligi to‘g‘risida tasdiqlov olish va ularning manbasi haqida xabardor bo‘lish, ularning to‘g‘riligini tekshirish va ularni birlashtirish, yangilash yoki tuzatishni talab qilish;
- amaldagi qonunchilikni buzgan holda qayta ishlangan ma’lumotlarni o‘chirish, anonimlashtirish yoki qayta ishlashni cheklashni talab qilish;
- qonuniy asoslarga ko‘ra ma’lumotlarni qayta ishlashga to‘liq yoki qisman e’tiroz bildirish;
- ma’lumotlarni qayta ishlashga berilgan rozilikni qaytarib olish (agar bunday rozilik zarur bo‘lsa).
- Yuqoridagilarga qo‘shimcha ravishda siz istalgan vaqtda shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlashni cheklashni so‘rash huquqiga ega bo'lasiz:
- biz ularni to‘g‘rilash yoki to‘g‘riligini tekshirish uchun yetarli choralar ko‘rmagunimizcha, shaxsiy ma‘lumotlar to‘g‘riligiga e’tiroz bildiraverasiz;
- qayta ishlash noqonuniy, lekin siz ma‘lumotlarni o‘chirib tashlashimizni xohlamaysiz;
- endi bizga maʼlumotlaringiz qayta ishlash maqsadlari uchun kerak emas, lekin siz uni qonuniy daʼvolarni belgilash, amalga oshirish yoki himoya qilish uchun talab qilasiz yoki
- bizda qayta ishlashni davom ettirish uchun qonuniy asoslar bor-yo‘qligi tekshirilgunga qadar, qonuniy manfaatlar asosida qayta ishlashga e’tiroz bildirgansiz.
- biz ularni to‘g‘rilash yoki to‘g‘riligini tekshirish uchun yetarli choralar ko‘rmagunimizcha, shaxsiy ma‘lumotlar to‘g‘riligiga e’tiroz bildiraverasiz;
- Siz yana quyidagi huquqlarga ega bo‘lishingiz mumkin:
- biz sizning roziligingizga tayanadigan yoki xizmatlarni taqdim etish uchun qayta ishlash zarur bo‘lgan va ma’lumotlarni avtomatik vositalar qayta ishlaydigan hollarda, agar siz ma’lumotlarni o’zingizga yoki boshqa provayderga o‘tkazmoqchi bo‘lsangiz, ma’lumotlarning elektron nusxasini olasiz va/yoki
- NITDA’ga shikoyat qiling, jumladan, agar biz ushbu tartib-qoidalarni buzgan deb hisoblasangiz.
- biz sizning roziligingizga tayanadigan yoki xizmatlarni taqdim etish uchun qayta ishlash zarur bo‘lgan va ma’lumotlarni avtomatik vositalar qayta ishlaydigan hollarda, agar siz ma’lumotlarni o’zingizga yoki boshqa provayderga o‘tkazmoqchi bo‘lsangiz, ma’lumotlarning elektron nusxasini olasiz va/yoki
Siz shaxsiy huquqdan quyidagi manzilda foydalanishingiz mumkin:
Kimberly-Clark of South Africa (Pty)
Limited
Private Bag X6 GardenView
Johannesburg
2000
South Africa
Telefon: +27-11-456-5700
Faks: +27-11-456-5798
Faks: +27-11-456-5799
Mijozlarga xizmat ko‘rsatish xizmatlari: 122 78791
Agar biror savolingiz bo‘lsa, [email protected] manzili orqali Nigeriyadagi ma’lumotlarini himoya qilish bo‘yicha xodimimizga murojaat qilishingiz mumkin.
Agar siz Peruda istiqomat qilsangiz, biz siz haqingizda to‘plagan shaxsiy ma’lumotlarni o‘chirish, ularga kirish yoki ularni tuzatishni so‘rashingiz mumkin. O‘sha huquqlardan foydalanish uchun quyidagi manzil orqali biz bilan bog‘laning:
Kimberly-Clark Peru S.R.L.
5895 Paseo de la Republica Ave., Office 301 & 302
Miraflores – Lima
Peru
Telefon: 511-618-1800
E-pochta: [email protected]
Ushbu tartib-qoida “Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risida”gi 29733-qonun va uning 003-2013-JUS-oliy farmon bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berish bo‘yicha umumiy ko‘rsatmalarni o‘z ichiga oladi.
Agar siz Rossiyada yashasangiz, o‘zingizga nisbatan qo‘llanadigan maxfiylik siyosatini mana bu yerdan toping.
Ushbu bo‘lim Saudiya Arabistoni Qirolligida (“SAQ”) to‘plangan shaxsiy ma’lumotlarga tegishli va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunga muvofiq keladi. (M/19) 9/2/1443 hijriy yilda qabul qilingan va uning amalga oshirish qoidalariga vaqti-vaqti bilan o‘zgartirishlar kiritilgan.
Agar siz SAQda istiqomat qilsangiz, biz siz haqingizda to‘plagan shaxsiy ma’lumotlarga kirish yoki ularga tuzatish kiritishni talab qilishingiz mumkin. Shaxsiy ma’lumotlaringizga kirish yoki ularga tuzatish kiritish uchun biz bilan bog‘laning:
Olayan Kimberly Clark Saudi Company Limited
Building 5105, 11th Street
First Industrial City Dammam
Saudiya Arabistoni
Telefon +966-138063126
800 1242330 (bepul)
[email protected]
Agar siz Janubiy Afrikada istiqomat qilsangiz, yuqoridagi ma’lumotlarga muvofiq, biz shaxsiy ma’lumotlaringizni Qo‘shma Shtatlar kabi uchinchi mamlakatlarga o‘tkazishimiz mumkin. Garchi ushbu uchinchi mamlakatlarda qonunchilik bilan kafolatlangan himoya darajasi unchalik keng qamrovli bo‘lmasa-da, biz shaxsiy ma’lumotlaringizni, xuddi ular Janubiy Afrika hududida mavjud bo‘lganidek, himoya qilish choralarini ko‘ramiz.
Sizga xizmatlarimizni taqdim etishimiz uchun shaxsiy ma’lumotlarni talab qilsak, bizga kerakli ma’lumotlarni taqdim etmaslik bunday xizmatlarni taqdim eta olmasligimizga olib kelishi mumkin. Agar siz Janubiy Afrikada istiqomat qilsangiz, biz siz haqingizda to‘plagan shaxsiy ma’lumotlarni o‘chirish, ularga kirish yoki ularni tuzatishni talab qilishingiz mumkin va ulardan foydalanishni davom ettirishga qonuniy huquq bo‘lmagan yoki ulardan bevosita marketing uchun foydalaniladigan hollarda ma’lum shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashimizga e’tiroz bildirishingiz mumkin. Agar biz shaxsiy ma’lumotlaringizni roziligingiz bilan to‘plagan va qayta ishlagan bo‘lsak, siz xohlagan vaqtda roziligingizni qaytarib olishingiz mumkin. Roziligingizni qaytarib olish biz bunday qaytarib olishdan oldin amalga oshirgan qayta ishlashning qonuniyligiga ta’sir qilmaydi va rozilikdan tashqari qonuniy asosga tayangan holda shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlashimizga ta’sir qilmaydi. Ushbu huquqlardan foydalanish uchun biz bilan [email protected] manzili orqali Janubiy Afrikadagi axborot bo‘yicha xodimimiz bilan bog‘laning yoki:
Kimberly-Clark of South Africa (Pty)
Limited
Private Bag X6 Gardenview
Johannesburg
2000
South Africa
Telefon: +27-11-456-5700
Faks: +27-11-456-5798
Faks: +27-11-456-5799
Mijozlarga xizmat ko‘rsatish xizmatlari: 0800 11 57 11
Agar siz hali ham qoniqmagan bo‘lsangiz, ma’lumotlar regulyatoriga shikoyat qilish huquqiga egasiz; biroq barcha shikoyatlar birinchi navbatda biz bilan muhokama qilinishi kerak. Ma’lumotlar regulyatorlari’ning kontakt ma’lumotlari quyidagicha
Ma’lumotlar regulyatori (Janubiy Afrika)
JD House, 27 Stiemens Street, Braamfontein, Johannesburg, 2001
P.O. Box 31533, Braamfontein, Johannesburg, 2017
Veb-sayt: https://www.inforegulator.org.za/
E-pochta: [email protected]
Agar siz Janubiy Koreyada istiqomat qilsangiz, bizga ma’lumot taqdim etish yoki taqdim etishni tanlash huquqiga egasiz va biz to‘plash joyida sizga bunday tanlov haqida xabar berishimiz mumkin.
- Kirish so‘rovlari. Biz sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni to‘g‘ri va yangiligicha saqlash uchun choralar ko‘ramiz. Biz siz haqingizda to‘plagan shaxsiy ma’lumotlarga kirish, ularni o‘zgartirish, ularga qarshi chiqish va ularni o‘chirishni so‘rashingiz mumkin. Biz asosli so‘rovlarga imkon qadar tezroq va har qanday holatda ham qonunda belgilangan muddatlarda javob beramiz;
- Shaxsiy ma’lumotlarni yo‘q qilish usuli va tartibi. Biz shaxsiy ma’lumotlaringizni sizga xizmatlarni taqdim etish va/yoki qonuniy majburiyatlarimizni bajarish, nizolarni hal qilish va kelishuvlarimizni bajarish uchun zarur bo‘lgan vaqt davomida saqlaymiz. Shaxsiy ma’lumotlar ushbu maqsadlar uchun zarur bo‘lmaganda, yo‘q qilinadi va
- Biz bilan qanday bog‘lanish haqida ma’lumot. Agar shaxsiy maʼlumotlaringiz bilan qanday ishlashimizga oid savollaringiz, sharhlaringiz yoki xavotirlaringiz boʻlsa, u holda Janubiy Koreyadagi maxfiylik boʻyicha mutaxassisimizga [email protected] manzili orqali murojaat qilishingiz yoki biz bilan mana bu yerda bogʻlanishingiz mumkin.
Agar siz Tayvanda istiqomat qilsangiz va biz shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlasak, siz quyidagi huquqlarga ega bo‘lishingiz mumkin:
- shaxsiy ma’lumotlarni ko‘rib chiqishni so‘rash;
- shaxsiy ma’lumotlarning nusxalarini tayyorlashni so‘rash;
- shaxsiy ma’lumotlarni to‘ldirish yoki tuzatishni so‘rash;
- shaxsiy ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash yoki ulardan foydalanishni to‘xtatishni so‘rash va
- shaxsiy ma’lumotlarni o‘chirishni so‘rash.
Biz shaxsiy ma’lumotlarni faqat xizmat ko‘rsatish yoki qonunlarga muvofiqlik uchun zarur bo‘lganda saqlaymiz va ba’zi hollarda xizmatlarimizni ko‘rsatish uchun ma’lumotlaringizni qayta ishlashimiz talab qilinishi mumkin. Biz shaxsiy ma’lumotlarni huquq va manfaatlaringizni buzmaydigan tarzda qayta ishlaymiz.
Biz bilan quyidagi manzil orqali bog‘lanishingiz mumkin:
Kimberly-Clark Taiwan
8-9 F, Manhattan Tower
No. 8, Section 5, Hsin Yi Road
Teipei
110
Tayvan
Telefon: 8862-77372888
Agar siz Dominika Respublikasida istiqomat qilsangiz, biz siz haqingizda to‘plagan shaxsiy ma’lumotlarni o‘chirish, ularga kirish yoki ularni tuzatishni so‘rashingiz mumkin. Ushbu huquqlarni amalga oshirish uchun quyidagi manzil orqali biz bilan bog‘laning:
Kimberly-Clark Puerto Rico & Caribbean Operations
P. O. Box 191859
San-Xuan
00919-1859
Puerto-Riko
Telefon: 787-785-3625
Faks: 787-740-2025
Agar siz Trinidad va Tobagoda istiqomat qilsangiz, quyidagi ma’lumotlarni himoya qilish huquqiga egasiz:
- ma’lumotlaringizga kirish;
- roziligingizni qaytarib olish va
- axborot bo‘yicha komissar idorasiga shikoyat qilish, biroq amaliyotlarimiz haqida xavotir yoki savol tug‘ilganda, birinchi navbatda biz bilan bog‘laning.
O‘sha huquqlardan foydalanish uchun quyidagi manzil orqali biz bilan bog‘laning:
Kimberly-Clark Puerto Rico & Caribbean Operations
P. O. Box 191859
San-Xuan
00919-1859
Puerto-Riko
Telefon: 787-785-3625
Faks: 787-740-2025
Agar siz Turkiyada istiqomat qilsangiz, siz haqingizda to‘plagan shaxsiy ma’lumotlarga kirish, ularni tuzatish va o‘zgartirish, ularga qarshi chiqish va ularni o‘chirishni so‘rashingiz mumkin. Agar shunday qilishni xohlasangiz, quyidagi manzil orqali biz bilan bog‘laning:
Kimberly-Clark Turkey
Kimberly-Clark Tuketim Mallari San.
ve Tic. A.S.
Yayalar Mah. Tandogan Cad. No. 3
Dolayoba-Pendik
Istanbul
Turkiya
Telefon: 90-216-410-8182
Faks: 90-216-410-8192
Ushbu bo‘lim Birlashgan Arab Amirliklarida (“BAA”) to‘plangan shaxsiy ma’lumotlarga tegishli bo‘lib, vaqti-vaqti bilan o‘zgartiriladigan 2021-yildagi “Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risida”gi 45-federal qonunga mos keladi.
Agar siz BAAda istiqomat qilsangiz, biz siz haqingizda to‘plagan shaxsiy ma’lumotlarga kirish yoki ularga tuzatish kiritishni talab qilishingiz mumkin. Shaxsiy ma’lumotlaringizga kirish yoki ularga tuzatish kiritish uchun biz bilan bog‘laning:
Kimberly Clark MEA DMCC
Jumeirah Lake Towers
Unit 1101, Cluster O, Reef Tower
P.O. Box 5003338
Dubai, UAE
[email protected]
Agar siz Ukrainada istiqomat qilsangiz, shaxsiy ma’lumotlarga kirish, ularni tuzatish va o‘chirish, shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlashimizga e’tiroz bildirish va rozilikni qaytarib olish kabi huquqlarga ega bo‘lishingiz mumkin.
Huquqlaringizni amalga oshirish uchun quyidagi manzil orqali biz bilan bog‘laning:
Kimberly-Clark Ukraine
Kiev Office
Shovkovichnaya 42-44
Kiev
01004
Ukraina
Telefon: 380-44-490-5810
Agar siz Urugvayda istiqomat qilsangiz, biz siz haqingizda to‘plagan shaxsiy ma’lumotlarni o‘chirish, ularga kirish yoki ularni tuzatishni so‘rashingiz mumkin. O‘sha huquqlardan foydalanish uchun quyidagi manzil orqali biz bilan bog‘laning:
Kimberly-Clark Uruguay S.A.
Camino Carrasco 5975, Montevideo
Urugvay
Telefon: (598-2) 2525 0105 / 0004-054-281
E-pochta: [email protected]
Bolalarga oid ma’lumotlar
Vetnam qonunlariga muvofiq, bolalar 16 yoshdan kichik bo‘lgan shaxslar hisoblanadi. Vetnam qonunlarida bolalarning shaxsiy ma’lumotlarini olish yoki qayta ishlashdan oldin ularning yoshini tasdiqlash talab qilinadi. Agar farzandingizga oid ma’lumotlarni ushbu tartib-qoidaga muvofiq bizga taqdim etsangiz yoki siz vasiylik qilayotgan bola 7 yosh yoki undan katta bo‘lsa, uning roziligini olganingizni tasdiqlaysiz hamda bunday ma’lumotlarni ushbu tartib-qoidaga muvofiq olish va qayta ishlashimizga rozilik berasiz.
Shaxsiy ma’lumotlarga ishlob berishning huquqiy asoslari.
Ushbu tartib-qoidaga muvofiq, shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlash uchun roziligingizdan tashqari, quyidagi holatlarda shaxsiy ma’lumotlaringiz roziligingiz talab qilinmasdan qayta ishlanishi mumkin:
- Shaxsiy ma’lumotlarni zudlik bilan qayta ishlashni talab qiladigan, ma’lumot subyekti yoki boshqa shaxslarning hayoti va salomatligini himoya qilish uchun yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarda.
- Shaxsiy ma’lumotlarni qonunda talab qilinganidek e’lon qilish;
- Milliy mudofaa, milliy xavfsizlik, ijtimoiy xavfsizlik va tartib-intizom, tabiiy ofatlar, kasalliklar kabi favqulodda vaziyatlarda; yoki favqulodda holat e’lon qilishni talab qilmaydigan, ammo milliy xavfsizlikka potensial xavf tug‘diradigan holatlarda; yoxud qonunga muvofiq tartibsizliklar, terrorchilar, jinoyatchilik va boshqa huquqbuzarliklarga qarshi kurashish maqsadida shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berish;
- Qonun hujjatlariga muvofiq, ma’lumotlar subyektining tegishli tashkilot yoki shaxslar bilan shartnomaviy majburiyatlarini bajarish uchun;
- Har qanday sohaga oid qonunda ko‘rsatilganidek, hokimiyat organlarining faoliyatini ta’minlab berish.
Ma’lumotlar daxlsizligiga oid huquqlaringiz
Agar siz Vetnamda istiqomat qilsangiz, biz saqlaydigan shaxsiy ma’lumotlaringiz haqida bilish, rozilik berish va uni qaytarib olish, ularga kirish, tuzatish kiritish, qayta ishlashni cheklash yoki unga e’tiroz bildirish, yangilash, nusxasini so‘rash yoki o‘chirib tashlash huquqiga, shuningdek, amaldagi qonunlarda ko‘zda tutilgan boshqa huquqlarga egasiz. Bundan tashqari, shaxsiy ma’lumotlaringizni uchinchi mamlakatlar, jumladan, Amerika Qo‘shma Shtatlarida, roziligingiz asosida va Vetnam qonunlarida belgilangan offshor ma’lumotlarni uzatish bo‘yicha barcha talablarga muvofiq tarzda qayta ishlashimizga rozilik bildirasiz. Huquqlaringizdan quyidagi manzil orqali biz bog‘lanish bilan foydalanishingiz mumkin:
Kimberly-Clark Vietnam Ltd.
18th floor, Etown Central Building, 11 Doan Van Bo, ward 12,
District 4, Ho Chi Minh City,
Vetnam
Telefon: +(84 28) 3997 9639
Faks: (84 28) 3636 5228